РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

"Fitch Ratings" agentligi O’zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi

14
Okt 2019
140 marta ko'rildi

"Fitch Ratings" agentligi O’zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi

Concrete

2019 yilning 11 oktyabrida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O’zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingiga o’zining navbatdagi sharhini e’lon qildi. Unga ko’ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingi “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlanib qolgan.

Mamlakatimiz kredit reytingi baholanishida uning moliyaviy holatining mustahkamligi, mo’tadil darajadagi davlat qarzi, “BB-” reytingiga ega davlatlarga nisbatan yuqori iqtisodiy o’sishga egaligi inobatga olingan bo’lsada, jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YaIM) nisbatan kamligi, institutsional salohiyatni rivojlantirish zaruriyati va nisbatan yuqori inflyatsiya darajasi reyting ko’rsatkichi oshirilishini “cheklovchi” omillar sifatida sanab o’tilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi (O’RTTJ) pul mablag’lari va Hukumat depozitlari (YaIMga nisbatan 10,4%), sof davlat qarzining past darajada ekanligi (2019 yil uchun YaIMga nisbatan -1,8% prognoz qilinmoqda), jahon moliya bozorlaridagi joriy holat sabab qulay foiz stavkalari va qayta moliyalashtirish xatarining pastligi ijobiy baholangan.

Shu bilan birga, Hukumatning iqtisodiy barqarorlikni oshirish, jumladan, davlat boshqaruvi va institutsional ko’rsatkichlarni yaxshilash va davlat qarzining keskin oshib ketishini oldini olish, shuningdek, pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan say-harakatlari alohida qayd etilgan.

Agentlik mamlakatimizda olib borilayotgan davlat ulushiga ega korxonalar islohotiga to’xtalib o’tar ekan, fiskal va moliyaviy xatarlarni oldini olish, raqobat muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga qaratilgan narxlar va tariflar liberalizatsiyasi, korporativ boshqaruvning yaxshilanishi va xususiylashtirish jarayonlariga urg’u bergan.

“Fitch Ratings” tomonidan ta’kidlanishicha:

- doimiylik va ishonchlilikka asoslangan davlat siyosati orqali xatarlarning kamaytirilishi va makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi, tarkibiy ko’rsatkichlarning (jumladan, aholi jon boshiga YaIM va institutsional omillarning) kutilganidan ko’ra tezroq yaxshilanishi hamda suveren balansning mustahkamlanishi mamlakatimiz kredit reytingiga ijobiy ta’sir etadi;

- makroiqtisodiy barqarorlikka xavf tug’diruvchi xatarlarning ortishi, xususan kreditlash hajmining va davlat qarzining YaIMga nisbatan tez su’ratlarda o’sishi, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlarining keskin kamayishi mamlakatimiz kredit reytingiga salbiy ta’sir etishi mumkin. 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 Oktyabr 2019 11:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 513 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!