РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

11
Okt 2019
40 marta ko'rildi

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Concrete

Jahon banki delegatsiyasi vakillari «Ijtimoiy xavfsizlikni mustahkamlash» ga bag’ishlangan loyiha ijrosi bilan tanishish maqsadida  8-11 oktyabr kunlari mamlakatimizga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida bir qator vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

9 oktyabr kuni Pensiya jamg’armasi rahbariyati va Jahon bankining global masalalar bo’yicha direktori Mixal Rutkovski hamda ekspertlari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori mamlakatimiz pensiya ta’minoti tizimida islohotlar amalga oshirish zarurati, pensiya tizimining uzoq va o’rta muddatli prognoz ko’rsatkichlari va asosiy yo’nalishlariga to’xtalib o’tdi. Shuningdek, davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish Kontseptsiyasi loyihasi bo’yicha xalqaro ekspertlar bilan fikr almashildi.

Pensiya jamg’armasi tomonidan bugungi kunda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o’zaro hamkorlikni qo’llagan holda takomillashtirish maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimini yaratish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,  Sirdaryo viloyatida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berishni ko’rib chiqish, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash  maqsadida sinov tariqasida 2019 yil 1 oktyabrdan  «Yagona reestr» AT ishga tushirilgan. Uchrashuvda mazkur ishlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, kelgusida hamkorlik qilinishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi.

«Yagona reestr» ATning tajriba loyihasi ijrosi bilan yaqindan tanishish maqsadida 10 oktyabr kuni  Jahon banki vakillarining Sirdaryo viloyatga tashrifi rejalashtirilgan.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 11 Oktyabr 2019 15:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 896 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!