Moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultonov MHXSni keng joriy etish orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida xorijiy investorlar uchun qulay axborot muhitini yaratadigan va natijada iqtisodiyot tarmoqlarining investitsiya va eksport salohiyatini oshiradigan, raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o'tishni jadallashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
Seminar davomida “Ernst & Young” auditorlik kompaniyasining xalqaro ekspertlari MHXS va MHXSga o'tishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni va ushbu jarayonni tartibga solish bo'yicha turli mamlakatlar tajribasini ko'rib chiqdilar.
MHXS va buxgalteriya hisobining milliy standartlari o'rtasidagi asosiy farqlar, biznes jarayonlarining shaffofligini oshirish va moliyaviy ko'rsatkichlarni xalqaro miqyosda taqqoslash zarurligi muhokama qilindi.
Ta'kidlash joizki, Respublikada iqtisodiyotni liberallashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar tadbirkorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar shuningdek, iqtisodiy islohotlarni yanada ilgari surish va mamlakatimizning jahon miqyosidagi o'rnini oshirish uchun zamin yaratdi.
Iqtisodiy salohiyatni kengaytirish va buxgalteriya hisobi va hisobotlarni yuritish milliy tizimini yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar buxgalteriya hisobining milliy standartlarini xalqaro standartlar asosida yanada uyg'unlashtirish bo'yicha qator oqilona takliflarni taqdim etdilar.
Moliya vazirligi, buxgalterlar va auditorlarning hamjamiyati, shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasi mutaxassislari bilan buxgalteriya hisobi tizimini MHXS asosida yanada rivojlantirish bo'yicha yaqin hamkorlik olib borishga qiziqish bildirdilar.