РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA RISKLARNI MILLIY BAHOLASH BO’YICHA TASHKIL ETILGAN SEMINARDA ISHTIROK ETDI

07
Okt 2019
38 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA RISKLARNI MILLIY BAHOLASH BO’YICHA TASHKIL ETILGAN SEMINARDA ISHTIROK ETDI

Concrete

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida risklarni milliy baholash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jahon bankining ekspertlari ishtirokida (2019 yil 23-25 sentyabrda) amaliy seminar tashkil etdi.

Seminarda pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qiluvchi vazirlik va idoralar mutaxasisslari asosiy ishtirokchilar sifatida qatnashdi.

Concrete

Ma’lumot uchun:

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
  • qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchilari;
  • birja a’zolari;
  • sug’urtalovchilar va sug’urta vositachilari;
  • lizing xizmatlari ko’rsatuvchi tashkilotlar;
  • pul o’tkazmalari, to’lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
  • lombardlar;
  • lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarni o’tkazuvchi tashkilotlar;
  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
  • ko’chmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bog’liq operatsiyalarda xizmatlar ko’rsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
  • mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari.

Departament vakillari O’zbekistonda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga oid tashkiliy-xuquqiy va metodologik bazani shakllantirish bo’yicha maqsadli va kengqamrovli ishlar amalga oshirilayotganini aytib o’tishdi.

Seminar tashkilotchilarining oldiga risklarni milliy baholash kontseptsiyasini amaliy qo’llash bo’yicha Jaxon banki metodologiyasi va shu sohada halqaro tajribani o’rganish asosiy vazifa qilib belgilandi. 

Guruhlarga jamlangan besh ishchi guruhdan tashkil topgan seminar ishtirokchilarini sifatli tanlab olinganligi Jaxon bankining risklarni modul baholash bo’yicha o’tkazilgan metodologiyasiga o’z fikr muloxazalarini bayon etish, shuningdek bajarilgan ish natijalari bo’yicha ekspert xulosasini olish imkonini berdi. 

Xalqaro ekspertlar aniq amaliy masalalar misolida ishtirokchilarga risklarni milliy baholashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish, shuningdek uning natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha takliflarini berishdi.

Shuningdek seminar davomida moliyaviy tashkilotlar (bank va boshqa kredit tashkilotlari, sug’urta va lizing tashkilotlari, birjalar) va nomoliyaviy kasb egalari (buxgalterlar, auditorlar, natariuslar, zargarlar)da shubhali operatsiyalarni aniqlashga yo’naltirilgan ichki nazorat tizimini samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar ham muhokama etildi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida risklarni milliy baholashga tayyorgarlik bo’yicha umumiy ma’lumotlar

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 sentyabrdagi PQ-3947-son Qaroriga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish  bo’yicha risklarni milliy baholash ishlarini samarali tashkil etish, shuningdek uning asosida respublikada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi bo’yicha taklif va chora tadbirlar ishlab chiqish uchun uch darajali tizim tashkil etildi:

1-daraja - Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha idoralararo komissiya tashkil etildi va uning a’zoalri mazkur sohaga tegishli vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslaridan shakllantirildi;

2-daraja – O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti – Komissiyaning ishchi organi sifatida belgilandi;

3-daraja - vazirlik va idoralarda pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qiluvchi ishchi guruhlar shakllantirildi.

Moliya vazirligida sug’urtalovchi va sug’urta vositachalari hamda auditorlik tashkilotlari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish risklarini sektor baholashni tashkil etish, o’tkazish bo’yicha ishchi guruh shakllantirildi. Lizing tashkilotlari sektori bo’yicha risklarni baholash ishlari O’zbekiston lizingberuvchilar asotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-son Qaroriga muvofiq lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash bo’yicha vakolatli davlat organi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hisoblanadi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida risklarni sektor baholash birinchi marta o’tkazilayotganini hisobga olgan holda, tadiqotning asosiy maqsadi pul mablag’lari va boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar amalga oshiruvchi tashkilotlarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfini tushunishi va  riskni baholash jarayoniga jalb etish qilib belgilandi. Tashkilotlar tomonidan o’zaro ma’lumotlarni almashish jarayonida olingan axborotlar, ularning sifat darajasi yuqorigini ta’minlaydi. Sektor baholashni amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish riskini aniqlash va bartaraf etishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha tashkilotlada ichki nazorat tizimi bilan ta’minlashga e’tibor qaratildi.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi va u bo’yicha bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar mazkur soha naqadar muhimligining isbotidir. Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish munosabati bilan 2019 yil 15 yanvardagi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-516-son Qonuni bilan bir qator qonun-hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi, shu jumladan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi va “Sug’urta faoliyati to’g’rida”ga qonunlariga ham. Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalari (ro’yxat raqami 3101, 2018 yil 15 dekabr, kuchga kirish sanasi 2019 yil 18 mart) yangi tahrirda qabul qilindi.

Shuningdek, Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bilan birgalikda auditorlik, sug’urta, lizing tashkilotlarining vakillari ishtirokida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishning xavflari va ularning oqibati, hamda respublika moliya tizimiga jinoiy faoliyatdan olingan mablag’lar kirib kelishini oldini olishga qaratilgan mexanizmlarni takomillashtirish masalalariga oid seminar, ochiq muloqatlar o’tkazib kelmoqda.

Auditorlik tashkilotlari faoliyatida risklarni sektor baholashda auditorlarning jamoat birlashmalari alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi raisi 26-27 sentyabrda Kazan shahrida (Rossiya, Tatarstan Respublikasi) bo’lib o’tgan V Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Evroosiyo guruhiG’ Moliyaviy monitoring xalqaro o’quv-uslubiy markazi “Davlat-sheriklik hamkorligi – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini oshiruvchi instrument” xalqaro seminarda ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun:

FATF (FATF) - Pullarni yuvishga qarshi moliyaviy chora tadbirlar ishlab chiquvchi guruh (www.fatf-gafi.org).

EAG - Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Evroosiyo guruhi(www.eurasiangroup.org). EAG FATF shakli bo’yicha regional guruh hisoblanadi.

MUMTsFM - Moliyaviy monitoring xalqaro o’quv-uslubiy markazi (Rossiya Federatsiyasi, www.mumcfm.ru ).

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 08 Oktyabr 2019 16:47
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #KUNRAQAMI #KUNRAQAMI »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1064 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!