РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

FOTOELEKTRO STANTSIYANI QURISH UCHUN INVESTORNI ANIQLASH BO'YICHA BIRINCHI TENDER NATIJALARI E'LON QILINDI VA O'ZBEKISTONDA QUYOSH ENERGIYASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI ANIQLANDI

07
Okt 2019
162 marta ko'rildi

FOTOELEKTRO STANTSIYANI QURISH UCHUN INVESTORNI ANIQLASH BO'YICHA BIRINCHI TENDER NATIJALARI E'LON QILINDI VA O'ZBEKISTONDA QUYOSH ENERGIYASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI ANIQLANDI

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida quyosh energiyasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSH) investitsiyalarini jalb qilish bo'yicha birinchi ochiq tender g'olibining e'lon qilinishi ortidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Jahon banki guruhining "Scaling Solar" dasturi doirasida DXSH loyihasini amalga oshirish mamlakatning energiya balansiga 100 MVt toza qayta tiklanadigan energiya qo'shilishini ta'minlaydi.

Tenderni BAAning "Masdar Clean Energy" kompaniyasi g’olib deb e'lon qilindi. U quyosh energiyasini kilovatt-soatiga atigi 2679 AQSh tsentiga yetkazib berish taklifi bilan chiqdi, bu rivojlanayotgan bozorlarda eng past tariflardan biridir.

Ushbu loyiha O'zbekiston hukumatining 2030 yilgacha 5 gigavattgacha quyosh energiyasini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan sa'y-harakatlarining bir qismidir, bu mamlakatning energiya balansini diversifikatsiya qilishdir.

Matbuot anjumanida Bosh vazirning o'rinbosari va moliya vaziri Jamshid Qo’chkarov birinchi tenderning muvaffaqiyatli natijalarini inobatga olgan holda, O'zbekiston hukumati yaqinda qo'shimcha 400 MVt quyosh energiyasi uchun yana DXSH bo'yicha tender e'lon qilishini va bundan keyin 500 MVt ga yana bitta tender o'tkazilishini e'lon qildi. 

"Tajriba loyihasi muvaffaqiyatli yakunlangandan so'ng, O'zbekistonda zarur tajriba to'plangan va quyosh energiyasini rivojlantirish dasturining navbatdagi bosqichini tezda boshlash uchun inson resurslari yaratilgan", dedi DXHni rivojlantirish agentligi rahbari G'olib Xoljigitov. "O'zbekiston iqtisodiyoti tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda va 2030 yilga kelib energiyaga talab 50 foizga oshishi kutilmoqda, shuning uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari uning muhim qismini tashkil qilishi muhimdir."

Tranzaktsiyalar bo'yicha maslahatchi sifatida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) O'zbekistonga DXSH bo'yicha tenderni ishlab chiqishda va o'tkazishda yordam berdi, natijada 11 ta oldindan da'vogar ishtirok etdi, natijada beshta talabnoma berildi. Xususiy sarmoyadorlarning ortib borayotgan qiziqishi energetika sohasi an'anaviy ravishda davlat tomonidan nazorat qilinadigan mamlakatda yangi ufqlarni ochadi.

"Biz O'zbekistonda birinchi marotaba o'tkazilayotgan DXSH bo'yicha ochiq tender orqali O'zbekistonda quyosh energiyasining yangi bozorlarini ochganimizdan g'ururlanamiz, bu esa O'zbekiston aholisini raqobatbardosh narxlarda qayta tiklanadigan energiya ta'minotini ta'minlaydi", dedi XMKning Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Vibke Shlemer. "Ushbu DXSH loyihasining muvaffaqiyati xususiy sektorning kelajakda mamlakat iqtisodiyotida ishtirok etishiga zamin yaratadi va global investitsiya hamjamiyatiga ijobiy signal beradi."

Dastur Avstriya Moliya vazirligi va Shveytsariyaning Iqtisodiy masalalar bo'yicha davlat kotibiyati, shuningdek Gollandiya hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Scaling Solar dasturi haqida

Scaling Solar - bu Jahon banki guruhlarining mahsuloti bo'lib, hukumatlarga xususiy mablag'lar hisobiga quyosh elektr stantsiyalarini qurish bo'yicha keng ko'lamli loyihalarni tezda tanlash va ishlab chiqishni ta'minlaydi. Unda texnik yordamning to'liq to'plami, namunaviy hujjatlar, oldindan tasdiqlangan moliyalashtirish, sug'urta mahsulotlari va kafolatlari mavjud. Scaling Solar xususiy infratuzilmani rivojlantirish guruhi, Buyuk Britaniya xalqaro rivojlanish vazirligi, AQShning Afrika bo'yicha xalqaro rivojlanish agentligi, Gollandiya tashqi ishlar vazirligi va Daniya tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Qo'shimcha ma'lumot uchun www.scalingsolar.org saytiga kirishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 07 Oktyabr 2019 18:24

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 297 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!