РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTONDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI SOHASIDA RISKLARGA-ASOSLANGAN YONDASHUVNI JORIY ETISH REJALASHTIRILMOQDA

07
Okt 2019
128 marta ko'rildi

O'ZBEKISTONDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI SOHASIDA RISKLARGA-ASOSLANGAN YONDASHUVNI JORIY ETISH REJALASHTIRILMOQDA

Concrete

Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon bankining missiyalari, soliq ma'muriyatchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 25 sentabridan - 5 oktabriga qadar Toshkent shahrida tashrif bilan bo'lib kelmoqda.

Ushbu tashrif doirasida, 4 oktabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan hamkorlikda soliq tekshiruvlari sohasida ilg'or xalqaro tajribani qo'llash bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Concrete

Seminarda Jahon bankining mutaxassisi Xaled El Korek, Xalqaro valuta jamg'armasi eksperti Bryus Kuigli, tadbirkorlar, soliq maslahatchilari, oliy ta’lim muasassalari professorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro ekspertlar tomonidan soliq tekshiruvi qonunga bo'ysunadigan soliq to'lovchilarni qo'rqitish uchun vosita emas, aksincha ularning asosiy vazifasi soliq qonunchiligiga ixtiyoriy rioya qilishni rag'batlantirish ekanligi ta'kidlab o'tildi.

Respublikada qo'llaniladigan an'anaviy yondashuvda qonunchiligiga rioya qiluvchi soliq to'lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvi o'tkaziladi, bu esa inson resurslaridan samarasiz foydalanish hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, riskga yo'naltirilgan yondashuvni joriy etish soliq to'lovchilarning qonunchilik talablariga rioya qilmaslik hollarini aniqlashning eng optimal usullaridan biri.

Ta'kidlanganidek, ekspertlar tomonidan inson aralashuvisiz, risk-tahlil natijalari asosida tekshiruv obyektlarini aniqlovchi dasturlar yaratilmoqda va eng yaxshi amaliyot sifatida ko'rilmoqda.

Concrete

Kompyuterlashgan baholash tizimida statistik va statistik bo'lmagan usullar, shu jumladan regressiya tahlil va ma'lumotlar ma'lumotlarni taqqoslash usullari qo'llaniladi.

Mutaxassislar fikriga ko'ra, bunday tizimning asosiy afzalliklari quyidagilardir:

•    katta ma'lumotlar bazalarini boshqarish va samarali ishlash;
•    tekshiruvlarni o'tkazishda oshkoralikni va shaffoflikni oshirish.

Umuman olganda, xorijiy ekspertlarning fikriga ko'ra, yangi yondashuv, avvalo,  avvalo, "vijdonli" soliq to'lovchilarning ishonchini mustahkamlaydi, soliq tekshiruvi o'tkaziladigan shubhali soliq to'lovchilarni aniqlashda ma'muriy xarajatlarni kamaytiradi.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 07 Oktyabr 2019 15:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 506 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!