РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTONDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK ASOSIDA ELEKTR-ENERGIYASI TA'MINOTI SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI BILAN HAMKORLIK-KELISHUVI IMZOLANDI

03
Okt 2019
260 marta ko'rildi

O'ZBEKISTONDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK ASOSIDA ELEKTR-ENERGIYASI TA'MINOTI SOHASINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASI BILAN HAMKORLIK-KELISHUVI IMZOLANDI

Concrete

Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Jahon Banki Guruhi aʼzosi, Sirdaryo viloyatida quvvati 1300 megavattga teng bugʼ va gazda ishlaydigan elektr qurilmasini barpo qilish, davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) asosida tenderi va strukturasi boʼyicha Oʼzbekistonga konsultativ maslahatlar berish yuzasidan kelishuvni imzoladi. Ta'kidlanganidek, mazkur davlat va xususiy sektor sherikchiligining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini yaxshilaydi va tabiiy gazdan yanada unumliroq foydalanish imkoniyatini beradi. 

Vositachi-maslahatchi sifatida, XMK Oʼzbekistonga loyihani yaratish va davlat va xususiy sektorlar oʼrtasida xavf-xatarlarni tegishlicha taqsimlash uchun yetakchi xususiy investorlarni jalb qiladigan davlat va xususiy sektorlar sherikchiligini ishlab chiqishda koʼmaklashadi. Hukumat loyiha uchun investorni eng ilgʼor amallarga rioya qilgan holda oʼtkaziladigan raqobatga asoslangan tanlov jarayoni orqali tanlab oladi. Mazkur davlat va xususiy sektorlar sherikchiligi Oʼzbekistonning eskirib borayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda aholi va korxonalarni elektr energiyasining barqaror taʼminoti bilan taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. Bu, Jahon Banki Guruhining hisob-kitoblari boʼyicha, 2030 yilga kelib elektr energiyasiga boʼlgan talabi 50 foizgacha oshadigan Oʼzbekiston uchun muhim omil hisoblanadi.

Bu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasining Oʼzbekistonning elektr energiyasini ishlab chiqarish sektoridagi xususiy sektor investitsiyalarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha saʼy-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. 

Concrete

“Koʼpgina rivojlanayotgan mamlakatlar kabi Oʼzbekistonning oʼta zarur infratuzilma loyihalariga sarflashi mumkin boʼlgan mablagʼlari cheklangan,” deb taʼkidladii IFC ning Yevropa va Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy direktori Vibke Shlyomer. “Xususiy sektor kapitali va tajribasini tadbiq qilish orqali mamlakat yirik infratuzilma loyihalarini rivojlantirishni ragʼbatlantirishi va shu sababli biznes muhiti va aholining turmush sifatini yaxshilashi mumkin”.
 

Concrete

Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich mamlakat, Oʼzbekiston, hozirda misli koʼrilmagan iqtisodiy islohotlarni boshidan kechirmoqda. IFC koʼpgina muhim sohalarda investitsion koʼmak va maslahat xizmati koʼsatish orqali yangi hukumat amalga oshirayotgan islohotlar jarayonini qoʼllab-quvvatlamoqda. Bugungi kunda XMK ning Oʼzbekistondagi investitsion portfeli 58 mln АQSh dollariga teng. Investitsiyalarning asosiy qismi moliya sektori va toʼqimachilik sohasiga yoʼnaltirilgan. IFC ning maslahat xizmatlari oltita loyiha doirasida koʼrsatiladi. Mazkur loyihalar davlat korxonalarini, jumladan ikkita davlat bankini xususiylashtirish, paxta ishlab chiqarish sektorini isloh qilish, moliyaviy bozorni rivojlantirish va diversifikatsiyalash, hamda kimyo sanoatida elektr energiyasidan samarali foydalanishni yaxshilashga koʼmaklashish va muqobil energiyalari manbalari va sogʼliqni saqlash sohalarida DXSh bitimlarini tajriba tariqasida amalga oshirishda mamlakatga koʼmak koʼrsatishga qaratilgan.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 07 Oktyabr 2019 14:22

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 473 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!