РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI XODIMLARI HAMDA XUSUSIY QURILISH KOMPANIYALARI BILAN KO'P QAVATLI UYLAR QURILISHINING DOLZARB MASALALARINI MUHOKAMA QILISH VA ULARNING KENG AHOLI UCHUN OCHIQLIGINI TA'MINLASH BO'YICHA YIG'ILISH

30
Sen 2019
426 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI XODIMLARI HAMDA XUSUSIY QURILISH KOMPANIYALARI BILAN KO'P QAVATLI UYLAR QURILISHINING DOLZARB MASALALARINI MUHOKAMA QILISH VA ULARNING KENG AHOLI UCHUN OCHIQLIGINI TA'MINLASH BO'YICHA YIG'ILISH

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka kreditlari bozorini rivojlantirish va kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi farmoni normalarini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida, Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 27 sentyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki maslahatchilari ishtirokida xususiy qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Concrete

Uchrashuv davomida ishtirokchilar ko'p xonadonli uylarni qurish masalasi va bu qurulishlarni ipoteka kreditlash mexanizmlari orqali amalga oshirish kabi dolzarb masalalarini muhokama qildilar. OTBning xalqaro maslahatchisi aholi uchun uy-joy qurilishlari haqida xorijiy tajribasi, xususiy qurilish kompaniyalari uy-joy qurish va sotishning asosiy mexanizmlari haqida ma’lumotlar berib o'tdi. Shuningdek, uy-joy qurish va sotish jarayonlarini tartibga soluvchi aniq huquqiy mexanizmlar, shu jumladan qurilish standartlarini qayta ko'rib chiqish zarurligini taklif qildi.

Xususiy tashkilotlar uy-joy qurilishi davlat dasturini amalga oshirishdagi ishtiroki, ipoteka kreditlash mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya tizimini joriy qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Concrete

Shuningdek, uy-joy narxining shakllanishiga ta'sir qiluvchi omillarga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, turar-joy binosini foydalanishga topshirish paytida xususiy qurilish tashkilotlari duch keladigan huquqiy muammolar ham muhokama qilindi.

Yig'ilishda Moliya vazirligi, "Murad Buildings" MChJ, "Golden House" MChJ, "Olmos qurilish invest" MChJ, "Novastroy" MChJ vakillari ishtirok etdilar.

Majlis yakunida tegishli xulosalar qabul qilindi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 Sentyabr 2019 18:49

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 310 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!