Print this page
27
Sen 2019
227 marta ko'rildi

«YOSHLAR VA TARIX» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yoshlar boshlang‘ich tashkiloti xodimlar o‘rtasida ma’naviy immunetitni yanada oshirish hamda ularni ona vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratish, maqsadida joriy yilning  27- sentabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Yoshlar va tarix” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalq artisti Saidkomil Umarov, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Alfiya Musakayeva, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yoshlar bilan ishlash ma’rifiy uslubiy bo‘limi boshlig‘i, falsafa doktori Alisher Ismailovlar ishtirok etishdi.

Concrete

Mutaxassislar o‘zlarining sohalaridan kelib chiqib O‘zbekiston tarixi haqida yig‘ilganlarga misollar va taqdimotlar orqali gapirib berishdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida ekskursiya qilishdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 27 Sentyabr 2019 18:13
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd