Joriy ish safarining asosiy maqsadi esa – budjet sohasida, xususan davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimidagi islohotlar bo’yicha tajriba almashuvi.
Ishchi uchrashuvlarning birinchi kunida ikki mamlakat g'aznachiligi vakillari O'zbekiston Respublikasida kapital qo'yilmalar uchun ajratilgan maqsadli budjet mablag'lari yuzasidan (moliya-xo'jalik faoliyati natijalarining alohida hisobini yurituvchi; davlat shartnomasi yoki kapital qo'yilmalar to'g'risidagi shartnomaning narx tarkibini ochib beruvchi) g'aznachilik kuzatuvini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarini muhokama qilishdi.
Ishchi yig'ilish natijalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o'rinbosari O.Isakov quyidagilarni ta'kidladi:
- G'aznachilik kuzatuvi mexanizmidan foydalanish budjet mablag'larining maqsadli sarflanishi monitoringi, shu bilan birga ushbu mablag'lar faqat davlat dasturida ko'zda tutilgan maqsadlar uchun ajratilishini va davlat kontraktlari bo'yicha o'z vaqtida to'lanishini ta'minlaydi.
Ushbu mexanizmni hayotga tatbiq etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining mutaxassislari xalqaro tajribani o'rganmoqdalar, Respublika viloyatlaridagi pudratchilar, moliya va soliq organlari bilan muhokamalar hamda seminarlar o'tkazilinmoqda.
To'plangan materiallarni o'rganish va Rossiya Federatsiyasi G'aznachiligining tajribasini hisobga olgan holda g’aznachilik kuzatuvining tegishli mexanizmi bo’yicha joriy yil yakunigacha tegishli takliflar taqdim etiladi.
Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligining ixtisoslashgan bo'limlari rahbarlari bilan uchrashuvlar doirasida auditorlik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish, ichki nazorat va auditni o'tkazish, idoraning funksional faoliyatini takomillashtirish bo'yicha savollar taqdim etildi.
Tashrif doirasida, Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi delegatsiyasi vakillarini Farg'ona va Namangan viloyatlaridagi g'aznachilik bo'limlari faoliyati bilan tanishtirish rejalashtirilgan.