РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

YEVROPA INVESTITSIYA BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

24
Sen 2019
280 marta ko'rildi

YEVROPA INVESTITSIYA BANKI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Concrete

Joriy yilning 23 sentabr kuni Moliya vazirligi rahbariyati va Yevropa investitsiya banki bosh vaziri Vasil Xudak boshchiligidagi delegatsiya bilan birgalikda sanoatni modernizatsiya qilish, texnik yordam ko'rsatish, shuningdek, texnologik yangilanish ishlari bo'yicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilindi.

Uchrashuvda YIB bosh vaziri janob Vasil Xudak O'zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalarini taqdim etdi va ushbu loyihalarni amalga oshirishdagi asosiy maqsad energetika, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini ekologik toza asosda rivojlantirish hamda energiya sohasida samarali yechimlarni yaratish ekanligini ta'kidladi.

Izoh: Yevropa investitsiya banki – Yevropa Ittifoqining moliyaviy-kredit tashkiloti bo'lib 1958 yilda tashkil etilgan. Yevropa investitsiya banki uzoq muddatli kreditlar orqali Yevropaning rivojlanmagan mintaqalarini moliyalashtirish vazifasini bajaradi. Ustav capital a'zo mamlakatlarning badallari hisobidan shakllanadi va 232 milliard yevrodan oshadi. O'zbekiston Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston bilan bir qatorda YIB bilan hamkorlik qilgan Markaziy Osiyodagi to'rtinchi davlatdir.

Concrete

Hozirgi vaqtda YIB Respublikamiz bilan hamkorlikda energiya samaradorligini ta'minlash loyihasi (mahalliy banklar va davlat tashkilotlari bilan energiya samaradorligini oshirish bo'yicha ish olib borilmoqda), uy xo'jaliklaridagi suv ta'minotiga texnik yordam ko'rsatuvchi, Orol dengizining tiklanishi, isitish qurilmalari va chiqindilarni qayta ishlab chiqishga qaratilgan loyiha.  Yuqorida qayd etilgan loyihalar YIBning O'zbekistondagi eng asosiy loyihalari hisoblanadi.

Uchrashuv davomida O'zbekistonda moliya va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati hamda ushbu islohotlarni jamiyat uchun samarali amalga oshirish muhimligini, so'nggi uch yil ichida xalqaro moliya institutlari bilan faol hamkorlik olib borilishi ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv qatnashchilari energetika, transport va aloqa sohasida hamkorlikni ya'nada rivojlantirishni qo'llab quvatladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar turli sohalardagi moliyaviy va texnik hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha masalalarni kelgusida ko'rib chiqishga kelishdilar.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 24 Sentyabr 2019 18:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 818 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!