РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2017-2019 YILARDA UMUMIY O’RTA TA’LIM SOHASI UCHUN AJRATILGAN MABLAG’LAR TO’G’RISIDA MA’LUMOT

24
Sen 2019
199 marta ko'rildi

2017-2019 YILARDA UMUMIY O’RTA TA’LIM SOHASI UCHUN AJRATILGAN MABLAG’LAR TO’G’RISIDA MA’LUMOT

Concrete

O’zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda olib borilayotgan isloxotlarda - ta’lim soxasini rivojlantirish ustuvor yo'nalishlardan  biri hisoblanib,  davlat tomonidan bu sohaga alohida  e’tibor qaratilib kelmoqda. Bularning natijasida xozirgi kungacha ta’lim sohasini moliyalashtirish uchun 2017-2018 yillarda jami 10,4 trln.so’m va 13,7 trln.so’m byudjet mablag’lari ajratilgan bo’lsa,  2019 yilda bu ko’rsatkich 19,9 trln.so’mni tashkil etishi kutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab shu kunga qadar o’qituvchilarning ish haqi miqdorlari o’rtacha 1,6 baravarga oshirildi. Masalan, 2018 yil sentyabrga qadar umumta’lim maktabining 1-toifali o’qituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdori 1 387,0 ming so’m bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda 2 216,0 ming so’mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2019 yilda  “Mexribonlik” uylari, jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ayrim xodimlarining ish haqi ham ikki bosqichda 2 baravargacha oshirildi.

Masalan: “Mexribonlik” uyi oliy ma’lumotli tarbiyachisining oylik ish haqi 2019 yil 1 martgacha ustama bilan birga 1 180 ming so’m bo’lsa, 2019 yil 1 oktyabrdan 2 422 ming so’mni tashkil etadi.

Xuddi shunday, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachisi 2019 yil 1 martgacha qo’shimcha ustama bilan hisoblanganda 1 573 ming so’m ish haqi olsa,  2019 yil 1 oktyabrdan
2 825 ming so’mga etkaziladi.

Umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlari uchun 2017-2019 yillarda davlat byudjetidan jami 5 464,0 mlrd.so’m mablag’ ajratildi. Shundan, 2017 yilda 1 196,2 mlrd so’m, 2018 yilda 1 529,1 mlrd.so’m ajratilgan bo’lsa, 2019 yilga kelib 2 738,9 mlrd.so’m yoki 2017 yilga nisbatan 2,29 baravarga ko’proq mablag’ ajratilgan.

Buning natijasida, umumta’lim maktablarini qurilish-ta’mirlash ishlari jadallashtirildi, agar 2017 yilda 486 ta umumta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari, shundan 12 ta maktablar yangidan qurilgan bo’lsa, 2019 yilga kelib 762 ta, shundan 51 ta yangi qurilish yoki 2017 yilga nisbatan qurilish-ta’mirlash ishlari 1,6 baravarga, shundan yangi qurilish 4,2 baravarga ko’paydi.

Mazkur olib borilgan ishlar natijasida oxirgi uch yil ichida qo’shimcha ravishda 28 304 ta o’quvchi o’rinlari yangi qurish hamda 148 228 o’quvchi o’rinli qo’shimcha o’quv binolari rekonstruktsiya qilish orqali foydalanishga topshirildi, 392 ta sport zallar qurildi.

Shu bilan birga, umumta’lim muassasalarini zarur mebel, o’quv laboratoriya uskunalari va sport anjomlari bilan jihozlash uchun 2017 yilda 69 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lsa, 2018 yilda 90,0 mlrd so’m,
2019 yilda esa 100,0 mlrd so’m yoki 2017 yilga nisbatan 1,49 baravar ko’p mablag’ ko’zda tutilgan.

2017-2019 yillarda umumta’lim maktablari 20 552 to’plam sinf xonalari (partalari), 954 to’plam o’quv laboratoriya uskunalari, 929 to’plam sport jixozlari bilan ta’minlanadi.

Hozirgi vaqtda 2018 yilda maktablarni jihozlash uchun ajratilgan mablag’lardan 7,0 mlrd. so’mi hamda 2019 yilda ajratilgan 100,0 mlrd. so’m mablag’ mavjud bo’lib, mazkur mablag’larni  ishlatish jarayoni davom etmoqda.

Umumta’lim maktablarini qurish-ta’mirlash va jihozlash uchun 2020-2022 yillarda 7,0 trln.so’mdan ziyod davlat byudjetidan mablag’lari yo’naltirish rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlab o’tishimiz lozimki, byudjet mablag’lari qanday sarf-xarajat qilinayotganligini openbudget.uz internet portali orqali xabardor bo’lish va ushbu jarayonlarda jamoatchilik tomonidan nazorat qilish uchun sharoit yaratiladi.

 

Moliya Vazirligi

Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 24 Sentyabr 2019 20:28

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 450 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd