РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“UZMETRONOM.COM” SAYTIDA E’LON QILINGAN “KAK OTOJMUT VASHU SOBSTVENNOST” NOMLI MAQOLASI BO’YICHA RASMIY BAYONOT

24
Sen 2019
21 marta ko'rildi

“UZMETRONOM.COM” SAYTIDA E’LON QILINGAN “KAK OTOJMUT VASHU SOBSTVENNOST” NOMLI MAQOLASI BO’YICHA RASMIY BAYONOT

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so’zsiz ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5491-F-son farmoyishiga asosan Moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, 2019 yil 31 avgustdan – 15 sentyabriga qadar “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini ta’minlash hamda er uchastkalarining olib qo’yish va mulkdorlarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi keng jamoatchilik va aholining fikr va muloxazalarini olish uchun muhokama uchun joylashtirilgan. 

Mazkur qaror loyihasi bugungi kunga qadar 1142 nafar fuqarolar tomonidan ko’rib chiqilib, tegishli fikr va mulohazalar bildirilgan. Taklif, fikr va mulohazalarning ayrimlari loyihani qayta ishlab chiqilishida to’liq inobatga olindi va qaror loyihasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qayta ishlab chiqildi. 

Misol uchun, ushbu qarori loyihasiga munosabat bildirilgan maqolada muallif tomonidan  qayd etgan “ino’e nujdo’”,  ya’ni o’zbek tilidagi “boshqa maqsadlar uchun” so’zlari qaror va nizom loyihasidan to’liq chiqarib tashlandi.

Mutaxassislar fikricha, “olib qo’yish” (iz’yatie) so’zini “sotib olish” (vo’kup) so’zi bilan almashtirish  masalasida – e’tiroz bildirdi. Sabab, ushbu qaror va nizom qoidalari xususiy mulk shaklidagi er uchastkalariga tadbiq etilmasligi belgilab qo’yildi.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Er kodeksining 16-moddasida er davlat mulki, umummilliy boylik ekanligi, u davlat tomonidan muhofaza etilishi va oldi-sotdi qilinmasligi, ayirboshlanmasligi, hadya etilmasligi hamda garovga qo’yilmasligi belgilangan. 

Shundan kelib chiqib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun:

- er uchastkalari yoki uning bir qismini olib qo’yish faqat xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining qarori asosida amalga oshirilishi, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalarini olib qo’yish to’g’risida qaror esa faqat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinishi;
- ko’chmas mulk ob’ektlarini buzish to’g’risidagi qaror Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki tuman va shahar hokimliklari tomonidan  xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining qarorlari asosida tashabbuskor va mulk egasi o’rtasidagi Kelishuvga asosan etkazilgan zarar to’liq qoplangandan keyin qabul qilinishi;
- ko’chmas mulklarni buzish to’g’risidagi mahalliy ijro organlarining qarorlari tuman va shahar Adliya bo’limlarida huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, majburiy tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilab qo’yilmoqda.

Ushbu qarorning qayta ishlangan tahrirdagi loyihasi yaqin kunlarda  “regulation.gov.uz” saytidagi “O’zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi” portaliga muhokkama uchun qayta joylashtirish mo’ljallanmoqda.

Yuqoridagilarni xulosa kilib aytganda,  ushbu jarayonlarda fuqarollarning faolliklari uchun va bildirilayotkan fikr-muloxazalari uchun o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

O’zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi 
Axborot xizmati


 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 24 Sentyabr 2019 18:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 286 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!