Print this page
23
Sen 2019
632 marta ko'rildi

IPOTEKA KREDITLARINI MOLIYALASHTIRISH TIZIMLARINI, SHUNINGDEK UY-JOY SUBSIDIYALARINI GLOBAL KO'RIB CHIQISH BO'YICHA DOLZARB MASALALARNI MUHOKAMASIGA BAG'ISHLANGAN AMALIY SEMINAR

Concrete

O'zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish va bozor tamoyillari asosida uzoq muddatli ipoteka moliyalashtirishning barqaror tizimini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi "Ipoteka bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi                PF – 5715 -sonli Farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq 22 ta tadbirni o'z ichiga olgan, 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. 

Farmon normalarining o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida, Moliya vazirligi tashabbusi bilan 2019 yil 19-26 sentyabr kunlari O'zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi bo'yicha OTBning maslahat missiyasi tashkil qilingan. 

Ipoteka bozorini rivojlantirishning ilg'or jahon amaliyoti, uy-joy dasturlarini amalga oshirish doirasida uy-joy sotib oluvchi jismoniy shaxslarni tanlab olishning va ularni subsidiyalash mexanizmi bilan tanishish maqsadida joriy yilning 21 sentabrida Moliya vazirligida tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, tijorat banklari mutaxassislari uchun seminar o'tkazildi.  

Concrete

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan samarali ipoteka tizimini yaratishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. OTB xalqaro maslahatchilari tomonidan ipoteka tizimlarini moliyalashtirishning - depozitlar, jamg'arma sxemalari, korporativ obligatsiyalar, likvidlik vositasi (ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi), ipoteka obligatsiyalari va qimmatli qog'ozlar orqali kabi turli usullari taqdim etildi.

Shuningdek, uy-joy subsidiyasiga alohida e'tibor qaratildi, xususan, aholining uy-joy muammolarini hal qilish uchun subsidiyalar turini aniqlash masalalari ko'rib chiqildi. Bundan tashqari, subsidiyalarni boshqarish, uy-joy sotib olish, hukumat va mahalliy hokimiyatlarning roli, shuningdek, subsidiya tizimini muvofiqlashtirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi

Seminarda Markaziy bank, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi hamda bir qator tijorat banklari vakillari ishtirok etdilar. 

Seminar yakunida tegishli xulosalar qabul qilindi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 23 Sentyabr 2019 14:49
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd