Print this page
20
Sen 2019
155 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Concrete

Joriy yilnning 16 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Byudjet boshqarmasi vakillari hamda Xalqaro valyuta jamg’armasi eksperti Marko Kanjiano ishtirokida 2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonun loyihasi muhokamasi o’tkazildi.

Uchrashuv asosan savol-javob tarzida o’tkazilib, suhbat jarayonida xorijlik ekspert ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga ilg’or xorijiy tajribaga asoslangan holda atroflicha javob berdi.

Concrete

Jumladan, dunyoning ko’pchilik davlatlarida yillik byudjet qonun shaklida qabul qilinishi, biroq uning tuzilishi davlatlarning mavjud byudjet tizimining tuzilmasidan kelib chiqqan holda shakllanishi haqida aytib o’tildi.

Shu bilan birga qonun loyihasida keltirilayotgan o’zgartirishlar hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari ko’rib chiqildi. Xususan, mahalliy Kengashlarga byudjetni tasdiqlash bo’yicha vakolatlarining kengayishi munosabati bilan ularni hamda hududiy moliya organlarining salohiyatini oshirish choralarini ko’rish zarurligi to’g’risida ta’kidlab o’tildi.

Ta’kidlash joizki, yillik byudjeti to’g’risida Qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 15 oktyabrda taqdim etiladi.

O’z navbatida, qonun loiyhasida byudjeti ijrosi jarayonining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, byudjetdan mablag’ oluvchi barcha darajadagi byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning javobgarligi va hisobdorligini oshirib borish tartibi ham belgilanmoqda.
 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 20 Sentyabr 2019 17:56
Our website is protected by DMC Firewall!