YANGI XODIMLARNI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT TIZIMLARI BILAN TANISHTIRISH
2019-yil 19 va 20 sentabr kunlari Moliya vazirligida Axborot – hisoblash markazi tomonidan Moliya vazirligi markaziy apparatiga ishga yangi qabul qilingan xodimlar ko’pligi va ular tomonidan kelib tushayotgan savollar mavjudligi tufayli Moliya vazirligining axborot tizimlari, dasturlari va yangi modullar mavzusi bo’yicha taqdimot o’tkazildi. Taqdimotda Moliya vazirligining boshqarmalari tomonidan qiziqishi bo’lgan xodimlar ishtirok etishdi.
Taqdimotda Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi maqsadi va vazifalari, faoliyat yo’nalishlari, Axborot tizimlari va loyihalari, normativ hujjatlar, bajarilayotgan ishlarning ko’lami va amalga oshiriladigan loyihalar ko’rib chiqildi. Bunda ishtirokchilar bilan qizg’in savol javoblar bo’lib o’tdi. Bundan tashqari yangidan yangi takliflar, mulohazalar e’tiborga olinishi ta’kidlandi. Taqdimot O’zbekiston Respublikasi viloyatlari Moliya vazirliklar bo’limlarida ham o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Endilikda bunday taqdimotlar har chorakda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparatida hamda Moliya vazirligining viloyatlar kesimida o’tkazilishi ko’zda tutilmoqda.
Izoh qoldiring
Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.
Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi
Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02
Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"
Statistika
Hozir 395 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda
Arxiv
Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi
Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi