РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“OCHIQ BUDJET” PORTALIDAGI TAKLIFLARNING NAVOIY VILOYATI BO’YICHA AMALIY IJROSI

20
Sen 2019
193 marta ko'rildi

“OCHIQ BUDJET” PORTALIDAGI TAKLIFLARNING NAVOIY VILOYATI BO’YICHA AMALIY IJROSI

Concrete

“Ochiq budjet” (www.openbudget.uz)  portalida tumanlar budjetida shakllangan qo'shimcha mablag'larining aholi takliflariga asosan yo'naltiriluvchi qismi boyicha ovoz berish jarayonlari boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. Qayd etish joiz, birinchi chorakda, Navoiy viloyati bo'yicha shakllangan qo'shimcha mablag'lar 17,9 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Jumladan, Zarafshon shahar budjetida ushbu davrda 723,3 mln. so'm miqdoridagi qo'shimcha mablag'lar hosil bo’lgan, hamda ochiq budjet portalidagi ovoz berish jarayonlarida, bir qator maktabgacha ta’lim muassalarining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash bilan bog'liq takliflar 236 ta ovoz bilan ustunlik qilgan. Natijada, ucshbu takliflarga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun, budjetdan 72,3 mln. so'm yo'naltirilgan. 

Qiziltepa tumani budjetida, birinchi chorak mobaynida 4,77 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar shakllandi hamda aholining eng ko'p ovoz olgan tadbirlarga 477,2 million so'm yo’naltirildi. Natijada, tuman hududidagi ziyoratgoh hamda 14 –sonli umumiy o'rta ta’lim maktabi binolari ta'mirdan chiqarildi.

Viloyatning Navbahor tumani budjetida yuqoridagi davrda 1,65 mlrd. so'm qo'shimcha mablag'lar hosil bo'lgan. Ochiq budjet portalidagi ovoz berish jarayonida tumandagi tibbiyot birlashmasi atrofini o'rash taklifi ko'pchilik tomonidan maqullanib, ushbu tadbir uchun tuman budjetida qo'shimcha hosil bo'lgan mablag'larning 10 foizi, ya’ni 166 mln so'm yo'naltirildi. 

Navoiy shahri budjetida shakllangan qo'shimcha mablag'lar 3,9 mlrd. so'mni tashkil qildi. Shundan, shahar aholisi tomonidan ochiq budjet portaliga kelib tushgan takliflar orasidan eng ko'p ovoz to'plagan I.Norov ko'chasida sel va toshqin yo'llarni ta’mirlashga 200 mln. so'm hamda Guliston-3 massivini kanalizatsiya tizimini takomillashtirishga 200 mln. so'm miqdoridagi mablag'lar ajratildi. 

Nurota tumani aholisi esa portaldagi ovoz berish jarayonlarida Sentob qishlog'i hududida kutubxona tashkil etish taklifini qo'llab-quvvatladi. Shu maqsaddagi tadbir uchun, tuman budjetida birinchi chorak davrida qo'shimcha hosil bo'lgan 2,99 mlrd. so'm miqdoridagi mablag'lardan 248 mln. so'mi yo'naltirildi. Qurilish ishlari o’z yakuniga yetib, kutubxona aholiga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Navoiy viloyati Tomdi tumani hududidagi Yangi Tomdi qo'rg'onida, mahalliy aholi tomonidan yo'lovchilar bekatini qurish bilan bogliq takliflar portalga yuborildi va ko'pchilik tomonidan ovoz berish davrida maqullandi. Natijada, tuman budjetida hosil bo'lgan qo'shimcha 557,3 mln. so'mning 10 foizi, ya’ni 55,7 mln so'm bekat qurilishiga yo'naltirildi. 

Birinchi chorak mobaynida, Xatirchi tumani budjetida 2,48 mlrd. so'm qoshimcha mablag'lar shakllangan va ushbu summaning 10 foizi aholi tomonidan kelib tushgan hamda qo'llab-quvvatlangan 3 ta taklif bo'yicha yo'naltirilgan. Jumladan, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, sog'liqni saqlash sohasi tashkilotlarini zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan ta’minlash hamda umumta’lim maktablari uchun badiiy kitoblar sotib olish kabi tadbirlar amalga oshirilgan.

Karmana tumani budjetida yuqoridagi davrda 751,6 mln. qo'shimcha mablag'lar shakllangan. Ovoz berish jarayonlarida, aholi tomonidan 17-sonli maktabgacha ta’lim muassasasini yoritish chiroqlarini almashtirish hamda Azamat MFY hududiga suv o'tkazish takliflari ilgari surilgan hamda maqullangan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun tuman budjetidan mos ravishda 7 hamda 99,5 mln. so'm miqdoridagi mablag'lar yo'naltirilgan.

Eslatib o’tamizki, siz ham tumaningiz budjetida hosil bo'lgan qo'shimcha mablag'larning yo'nalishini aniqlashda qatnashishingiz mumkin. Buning uchun www.openbudget.uz portalida ro'yxatdan o'ting va o'z takliflaringizni qoldiring. Ochiq muloqot va ovoz berish jarayonlari har chorak yakunidan song, birinchi oyda o’tkaziladi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 20 Sentyabr 2019 15:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 523 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!