РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLOV

19
Sen 2019
33 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLOV

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli Qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari lavozimiga Xaydarov Axadbek Yaxebekovich  tayinlandi.

Xaydarov Axadbek 1971 yilda Fargona viloyatita tug’ilgan. 1994 yil Toshkent Davlat universiteti, 1998 yili Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2001 yili Yaponiya siyosiy fanlar Milliy instituti magistratura bosqichi, 2006 yil AQShning Massachusets shtatida Villiams
Kollejini tamomlagan.

1988-1989 y.y. – Farg’ona viloyati Oltiariq tumani “Agrokommunstroyremont” qurilish korxonasi ishchisi;                       
1989-1994 y.y. – Toshkent Davlat universiteti talabasi;
1994-1996 y.y. – O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi stajeri tadqiqotchisi;
1996-1997 y.y. – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul kredit siyosati departamenti 2-toifali iqtisodchisi;
1997-1998 y.y. – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul kredit siyosati departamenti Bank tizimi likvidligi tahlili va prognozlash bo’limi etakchi iqtisodchisi;
1998-1999 y.y. – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul kredit siyosati departamenti Pul kreditni dasturlash va bank tizimi likvidligini tartibga solish boshqarmasi Bank tizimi likvidligi tahlil qilish va taxminlash bo’limi boshlig’i;
1999-2000 y.y. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monetar siyosati va bank tizimini isloh   qilish boshqarmasi boshlig’i;
2000-2000 y.y. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti Bosh boshqarmasi Byudjyot siyosati va jamlangan byudjetni rejalashtirish bo’limi boshlig’i;
2000-2001 yy. – Yaponiya siyosiy fanlar Milliy instituti tinglovchisi;
2001-2003 yy. – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti Bosh boshqarmasi Jamlangan Davlat byudjeti aktiv va passivlarini hamda davlat ichki qarzlarni boshqarish bo’limi boshlig’i;
2003-2006 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti Bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari – Davlat maqsadli jamg’armalarni rejalashtirish va monitoring qilish hamda ichki kafolatlar  hisobi  bo’limi  boshlig’i;
2006-2007 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish Bosh boshqarmasi boshlig’i;
2007-2008 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatli qog’ozlar departamenti Ichki moliya bozorida qimmatli qog’ozlar operatsiyalari boshqarmasi boshlig’i;
2008-2008 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki   Monetar siyosat departamenti Pul va moliya bozoridagi operatsiyalar boshqarmasi boshlig’i – direktor o’rinbosari;
2008-2013 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Monetar siyosat departamenti direktori;
2013-2016 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining o’rinbosari;
2016-2016 yy. – O’zmilliybank Boshqaruv Raisi birinchi o’rinbosari;  
2016-2017 yy. –  “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik – tijorat banki Boshqaruvi raisi;
2017-2017 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari;
2017-2019 yy. –  O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri birinchi o’rinbosari;
2019-2019 yy.   – O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori.

A. Xaydarov bank ishi, davlat siyosati (o’tish iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot),  iqtisodiy rivojlanish soxalarida keng amaliy bilim va tajribasiga, shuningdek jahonda bu sohaning rivojlanish tendentsiyalarini yaxshi biladigan mutaxasisi hisoblanadi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati


 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 19 Sentyabr 2019 14:29

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 463 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!