РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLOV

19
Sen 2019
35 marta ko'rildi

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLOV

Concrete

Moliya vazirligida yangi tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17 sentyabrdagi 780- sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi xuzuridagi Byudjetdan taqshqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori lavozimiga Ashrafxanov Baxrom Baxodirovich tayinlandi.

Baxrom Ashrafxanov 1969 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida respublikamizda sugʻurta bozorini shakllantirish va rivojlantirish, davlat moliyasini boshqarishning gʻazna ijrosi tizimini respublika va mahalliy byudjetlariga joriy etish, shuningdek ijtimoiy soha obʼektlarini gʻaznachilik tizimiga oʻtkazish jarayonlarida faol ishtirok etgan saloxiyatli rahbar hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlashda oʻz hissasini qoʻshgan.

2002-2004 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari – Sugʻurta nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi urinbosari.

2007-2016 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi boshligʻi – Moliya vaziri oʻrinbosari.

2016-2018 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2018-2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri ijtimoiy soha masalalari boʻyicha oʻrinbosari

B. Ashrafxanov Davlat moliyasini boshqarish sohasida keng amaliy bilim va tajribasiga, shuningdek jahonda bu sohaning rivojlanish tendentsiyalarini yaxshi biladigan mutaxasisi hisoblanadi.

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 19 Sentyabr 2019 11:58

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 296 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!