Print this page
18
Sen 2019
102 marta ko'rildi

ALKOGOL VA TAMAKI BOZORINI TARTIBGA SOLUVCHI INSPEKSIYASI ALKOGOL MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHILAR UCHUN LITSENZIYA BERISHNI BOSHLADI

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustda “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 707-sonli qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish ishlari boshlandi.

Ushbu qarorga asosan birinchilardan boʻlib, litsenziya talabgori sifatida murojaat etgan “DAVR SHAROB” MChJga 2019 yil 9 sentyabrda aroq va likyor aroq mahsuloti ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 18 Sentyabr 2019 15:52
Our website is protected by DMC Firewall!