Print this page
18
Sen 2019
61 marta ko'rildi

ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARINING ULGURJI VA CHAKANA SAVDOLARIDA VIRTUAL KASSA TIZIMI JORIY ETILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son farmoniga muvofiq Alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda va (yoki) bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn rejimida kuzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan virtual kassalar orqali davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi. 

Alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subʼektlarida virtual kassalar tizimi 2020 yil 1 yanvardan toʻliq ishga tushiriladi.

Xarid cheklaridagi QR-kod yoki fiskal belgilarni mobil ilova yoki Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy sayti orqali roʻyxatga olish tizimi yoʻlga qoʻyiladi hamda mahsulotlarni markalash tizimi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Savollar va murojaatlar boʻyicha alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tel: (71) 244 19 95
E-pochta: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 18 Sentyabr 2019 15:47
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd