РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I STAVKASINI TUSHIRISH YUZASIDAN

12
Sen 2019
62 marta ko'rildi

QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I STAVKASINI TUSHIRISH YUZASIDAN

Concrete

Joriy yilning 11 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, Davlat budjetiga tushumlarni kafolatli ta'minlash masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirkorlik subyektlarini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida Moliya vazirligiga qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish to'g'risidagi Prezident qarori loyihasini kiritish bo'yicha topshiriq berildi.

Ta'kidlash joizki, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasida (Moliya vazirligi tomonidan muhokamaga qo'yilgan) qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini 15 foizgacha tushirish hamda uning betarafligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Ma'lumot uchun: yangi tahrirdagi soliq kodeksining loyihasida sotib olingan asosiy vositalar va ko'chmas mulk bo'yicha QQS summasini (12 - 36 oy davomida bir maromda hisobga olishning amaldagi tartibi o'rniga) bir marttalik hisobga olish tartibi ko'zda tutilgan, shuningdek, hisoblangan soliq miqdori bo'yicha QQS summasini hisobga olgan holda ortiqcha miqdordagi QQS summasini qaytarish, soliq to'lovchilarning butun doirasiga (bugungi kundafaqat eksportchilarga) nisbatan nazarda tutilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, QQS stavkasini 5 foizga kamaytirish Davlat budjetiga tushumlarni taxminan yiliga 10 trln. so'mga yoki Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foizga kamayishiga olib keladi.

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 12 Sentyabr 2019 17:16
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #KUNRAQAMI Video loyihasi »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 528 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!