РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI DEPARTAMENTI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN OLIB BORILAYOTGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI

10
Sen 2019
147 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI DEPARTAMENTI VA UNING HUDUDIY BOSHQARMALARI TOMONIDAN OLIB BORILAYOTGAN NAZORAT TADBIRLARI NATIJALARI

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari natijalarida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarida byudjet mablag‘larini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlanmoqda.

Misol uchun, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi ayrim umumta’lim maktablarida 2018 yilda va 2019 yilning o‘tgan davrida umuman ishlamagan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblash va ish haqi to‘lov qaydnomalarining jamiga qo‘shib yozib o‘zlashtirish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risida nizom” va “Umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 1534, 2006 yil 3 yanvar) talablariga rioya qilinmasdan jami 633,8 mln.so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘lari noqonuniy xarajatga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Jumladan, 2018 yilda va 2019 yilning yanvar-fevral oylarida Dehqonobod tuman xalq talimi bo‘limi hisobchisi tomonidan tumandagi 8-sonli (24,7 mln.so‘m), 9-sonli (15,1 mln.so‘m), 30-sonli (42,7 mln.so‘m), 39-sonli (27,8 mln.so‘m) va 88-sonli (29,3 mln.so‘m) umumta’lim maktablarda umuman ishlamagan 7 nafar qarindoshlari nomiga ish haqi hisoblanib, jami 139,6 mln.so‘m byudjet mablag‘lari noqonuniy xarajatga chiqarilgan.

Shuningdek, tumandagi 8-sonli (5,8 mln.so‘m), 9-sonli (12,2 mln.so‘m) va  30-sonli (2,8 mln.so‘m) umumta’lim maktablarda byudjet mablag‘lari ish haqi to‘lov qaydnomalarining jamiga qo‘shib yozish yo‘li bilan o‘zlashtirilib, jami 20,8 mln.so‘m kamomadga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi to‘g‘risida nizom” va “Umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizom” talablariga rioya qilinmasdan tumandagi 52-sonli (195,1 mln.so‘m), 82-sonli (143 mln.so‘m) va 84-sonli (135,3 mln.so‘m) umumta’lim maktablarda byudjet mablag‘lari hisobidan maktab maxsus komissiyasining qarorisiz va maktab direktorining burug‘isiz va boshqa asoslovchi hujjatlarsiz jami 473,4 mln.so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish, mukofot va moddiy yordam pullari oshiqcha to‘lanishiga yo‘l qo‘yilgan.

Dehqonobod tumanidagi ushbu umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 10 Sentyabr 2019 17:34

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 385 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!