РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT SOLIQ QOʼMITASI BILAN BIRGALIKDA XALQARO VALYUTA JAMGʼARMASI, JAHON BANKI, XALQARO VA MILLIY EKSPERTLAR ISHTIROKIDA YANGI TAHRIRDAGI SOLIQ KODEKSI LOYIHASINI ISHLAB CHIQDI

02
Sen 2019
71 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT SOLIQ QOʼMITASI BILAN BIRGALIKDA XALQARO VALYUTA JAMGʼARMASI, JAHON BANKI, XALQARO VA MILLIY EKSPERTLAR ISHTIROKIDA YANGI TAHRIRDAGI SOLIQ KODEKSI LOYIHASINI ISHLAB CHIQDI

Concrete

Ushbu Soliq kodeksida Oʼzbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasiga muvofiq soliq qonunchiligi normalarining qoʼllanishi maksimal darajada soddalashtirilgan.

Buning uchun:

- soliq va boshqa majburiy toʼlovlar soni qisqartirilgan;

- bozorlar, qishloq xoʼjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar, advokatlik byurolari va firmalari, shuningdek gastrolь-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar uchun maxsus soliq rejimlari bekor qilingan. Soddalashtirilgan soliq rejimlarining umumiy soni 3 tadan 1 tagacha kamaygan;

- davlat boji, ayrim turdagi tovarlarni (alkogolli mahsulotlar) sotish huquqi uchun yigʼimlar toʼlanishini tartibga soluvchi boʼlimlar Soliq kodeksi tarkibidan chiqarilgan.

Soliq kodeksidagi moddalar soni koʼpaygan, soliqlarni tartibga solishdagi kamchiliklar bartaraf etilgan, qoʼllaniladigan atamalar yanada toʼliq tushuntirilgan. Bu ularni amaliyotda qoʼllash chogʼida nizoli vaziyatlar soni kamayishiga olib keladi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga kiritilgan oʼzgartirishlarning aksariyat qismi insofli soliq toʼlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishga yoʼnaltirilgan. Xususan:

- asosiy vosita obʼektlarini, shu jumladan koʼchmas mulk obʼektlarini xarid qilish (barpo etish) chogʼida QQSning bir yoʼla hisobga olinishi joriy etilmoqda. Аyni paytda u teng ulushlarda ketma-ket keluvchi 12 oy davomida, koʼchmas mulk obʼektlari boʼyicha esa 36 oy davomida amalga oshirilmoqda;

- soliq toʼlovchilar texnologik asbob-uskunalarni yoki koʼchmas mulk obʼektlarini xarid qilishda bir yoʼla amortizatsiya chegirmalari qila oladilar;

- tovar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan past bahoda sotilganda zararlarga soliq solish bekor qilinadi;

- huquqqa zid ravishda soliqlarni qoʼshimcha hisoblaganlik yoki moliyaviy jazo choralarini qoʼllaganlik, tadbirkorlik subʼektlari ortiqcha toʼlagan soliq summalarini qaytarishni kechiktirganlik uchun soliq organlarining javobgarligi oshiriladi. Ushbu hollarda byudjetdan soliq toʼlovchilarga muddati oʼtkazib yuborilgan har bir kun uchun penya toʼlaydi.

Qonun hujjati loyihasi soliq nazoratini amalga oshirishning jaxon amaliyotida muvofaqqiyatli sinalgan yangi tartibini nazarda tutadi. Bu maqsadda qoʼllaniladigan nazorat shakllari va mexanizmlari takomillashtirilgan. Muximi – insofli soliq toʼlovchilarni qoʼllab-quvvatlash va “soyada” faoliyat yuritayotgan subʼektlarni aniqlash. Bu maqsadga quyidagicha erishiladi:

- soliq toʼlovchilar va soliq organlari huquqlari va majburiyatlarini aniqlashtirish;

- “zaruriy ehtiyotkorlik” tushunchasini joriy etish. Bu “soliq sxemalari”dan foydalanish imkoniyatlarini qisqartiradi;

- inspektor ishtirokisiz kompьyuter dasturi orqali tavakkalchilikni tahlil etish natijalariga koʼra insofli deb topilgan soliq toʼlovchilarga nisbatan soliq nazorati choralarini qoʼllamaslik;

- soliq nazorati shakllarini soddalashtirish: kameral nazorat, soliq auditi va sayyor tekshiruv. Faqat soliq auditi natijalariga koʼra, jarima choralari qoʼllaniladi;

- soliq huquqbuzarligini turiga qarab, jarima choralarining farqlanuvchi miqdorlarini belgilash.

Umuman olganda, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasi soliq undirishning amalda sinovdan oʼtgan printsip va yondashuvlari, boshqa mamlakatlarning ilgʼor tajribasiga asoslangan. Uning ustida ishlashda MDH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribasidan foydalanildi.

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining qabul qilinishi Oʼzbekiston soliq tizimini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish, qonunga itoatkor soliq toʼlovchilarning huquqlari yuqori darajada himoya qilinishini taʼminlagan holda mahalliy va xorijiy investorlarga uni yanada tushunarliroq qilish imkonini beradi.

Soliq kodeksining yangi tahriri www.regulation.gov.uz rasmiy saytida joylashtirilgan va tadbirkorlar, huquqshunoslar, soliq maslahatchilari, auditorlar va buxgalterlar tomonidan keng muhokama qilishga taqdim etilgan.

Moliya vazirligi
Аxborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 04 Sentyabr 2019 10:49

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

test5555

2 - балл -7 пользователь
3 - балл -7 пользователь
4 - балл -10 пользователь
5 - балл -178 пользователь

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 685 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi