РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

29
Avg 2019
521 marta ko'rildi

АXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR AGENTLIGIDA PRESS-BRIFING TASHKIL ETILDI

Concrete

Joriy yilning 28 avgust kuni Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аgrar sektorni qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan oʼz vaqtida taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2019 yil 4 apreldagi PQ-4268-sonli qarori ijrosi yuzasidan keng jamoatchilik uchun maʼlumot berish maqsadida press-brifing tashkil etildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasining departament direktori, Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Oʼzagrotexsanoatxolding” АJ vakillari ishtirok etib, yigʼilganlarga sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berishdi.

Taʼkidlanganidek, Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mavjud qishloq xoʼjaligi texnikalarining 25 foizidan ortigʼi 15 yildan ortiq muddat mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Shu sababli, Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli qishloq xoʼjaligi texnikalari bilan taʼminlashni davlat tomonidan moliyaviy qoʼllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidetimizning mazkur qarori qabul qilingan. Ushbu xujjatga asosan, respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, gʼalla va paxta seyalkalari, shuningdek, uch yoki undan ortiq korpusli omochlarni xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomalari boʼyicha foiz xarajatlari tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplab berish amaliyoti joriy etildi.

Concrete

Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasining departament direktori А.Isroilov qayd etganidek, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida 2019 yilda, eksperiment tariqasida, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xoʼjaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berish taʼminlanadi. Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvarga qadar lizing kompaniyalari va tijorat banklari uchun qoʼshilgan qiymat soligʼi lizing xizmatlari qismida qoʼshilgan qiymat soligʼidan ozod qilindi.

Shu bilan birgalikda bugungi kunda hukumatimiz tomonidan qishloq xoʼjalik korxonalariga juda koʼp erkinlik va qulayliklar yaratilib berilmoqda. Jumladan, chet davlatlardan oʼz ehtiyojlari uchun kerakli qishloq xoʼjaligi texnikalari import qilinmoqda. Xususan, 2018 yilda respublikaga 10 195 dona turli qishloq xoʼjalik texnikalari import qilindi, shundan 2 386 dona texnika 15 ta paxta-toʼqimachilik klasterlari tomonidan xarid qilingan. Shuningdek, qishloq xoʼjalik korxonalari davlat ehtiyojlari uchun topshirgan paxta va gʼalla hosilining yakuniy mablagʼlarini oʼzlari erkin tasarruf etishi yoʼlga qoʼyildi, yaʼni maqsadli transh mablagʼlarini ajratilishi bekor qilinib, “Xumo” milliy plastik kartalari orqali toʼlovlar erkin amalga oshirilmoqda.

Qishloq xoʼjaligi vazirligi vakillari tomonidan keltirilgan maʼlumotga koʼra, joriy yilda 10 640 dona (2,6 trln. soʼmlik) qishloq xoʼjaligi texnika va agregatlarini yetkazib berish belgilan. 2019 yil birinchi choragida 2 609 dona (128,1 mlrd. soʼmlik), shundan lizing asosida 1 387 dona (34,2 mlrd. soʼm) yangi texnikalar yetkazib berilgan. Natijada, texnika parkini yangilanish darajasi 2,1 foizni va taʼminlanish darajasi 87 foizni tashkil etdi. Joriy yilning 31 may holatiga 478,6 mlrd. soʼmlik 3503 ta (shu jumladan, lizing asosida 391 mlrd. soʼmlik 2479 ta), jumladan 286 ta gʼalla oʼrish kombaynlari joylarga yetkazib berildi. Ochiq maydonlarga don ekish seyalkalarining yangilanish darajasi 55 foizga taʼminlanish darajasi esa 94 foizga, qator oralariga don ekish seyalkalari boʼyicha esa ushbu koʼrsatkichlar mos ravishda 20 foiz va 22 foizga yetkaziladi. 2019 yil davomida texnika parkining yangilanish darajasi 5 foizga, taʼminlanganlik darajasi esa 31 foizga yetkaziladi.

Tadbirning soʼngida OАV vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javblar olishdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Avgust 2019 12:26

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 374 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!