РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

"OCHIQ BUDJET": AHOLI TAKLIFLARINING AMALGA OSHIRILISHI

26
Avg 2019
431 marta ko'rildi

"OCHIQ BUDJET": AHOLI TAKLIFLARINING AMALGA OSHIRILISHI

Concrete

 

Avvalroq, “Ochiq budjet” (www.openbudget.uz) portalida mahalliy budjetlarda shakllangan qo’shimcha mablag’larining aholi takliflariga asosan yo’naltiriluvchi qismi boyicha ovoz berish jarayonlari boshlangani haqida ma’lum qilgan edik. Qayd etish kerakki, joriy yilning birinchi choragida mahalliy budjetlarda shaklanngan mablaglar hajmi Respublika bo’yicha 253,4 milliard. so'mni tashkil qilgan. Shundan 28,9 milliard. so’m esa portalga kelib tushgan hamda ovoz berish jarayonida qo’llab-quvvatlangan takliflarga asoslangan tadbirlarga yo’naltirilgan.

Xususan, ushbu davrda Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani budjetida 1,62 milliard so'm miqdordagi qo'shimcha mablag'lar shakllangan. Ochiq budjet portalida ko'rsatilgan miqdordan 10 foiz - 162 million so'mni mahalliy aholi tamonidan berilgan takliflarga asosan ajratilinishi to'g'risida e'lon joylashtirilgan. Onlayn-muhokamalarda eng ko’p ovozni o’zbek xalqining atoqli shoiri Hamid Olimjon nomi bilan ataluvchi MFYdagi shoir monumenti joylashgan xududni obodonlashtirish va uning atrofida kutubxona hamda sayilgoh barpo etish taklifi olgan. Tuman hokimining 2019 yil 8 iyundagi 142-F-sonli farmoyishiga binoan hududni obodonlashtirish, xiyobon va kutubxona qurish maqsadida 200 million so'm mablag' ajratildi. Bugungi kunda ishlar muvaffaqiyatli yakunlanib, obyektlar aholiga aziz bayram - mamlakatim Mustaqilligining 28 yilligi arafasida o'ziga xos sovg'a sifatida taqdim etildi.

Concrete

Surxondaryo viloyati Angor tumaning budjetida birinchi chorakda 1,35 milliard so'mdan ortiq qo'shimcha mablag’ shakllangan. Portalda, aholidan ushbu summaning 10% qaysi maqsadlarda sarflash bo’yicha kelib tushgan g’oyalar organilgach, tuman markazida zamonaviy kutubxona qurish taklifi eng ko’p ovoz olgani aniqlangan. Tuman hokimining 2019 yil 25 iyundagi 180-F-sonli farmoyishiga asosan, tegishli mablag’lar ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari davom etmoqda.

Concrete

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani budjetida esa joriy yilning birinchi choragi mobaynida 1,59 milliard so'm qo'shimcha mablag’lar shakllangan. Ochiq budjet portalidagi muhokamalar davomida fuqarolar tamonidan Dehqonobod MFY hududida Kichiko’ra daryosi ustidan ko'prik qurish taklifi bilan chiqishgan. Shu munosabat bilan shakllangan qo’shimcha mablag’larning 10 foizini yo'naltirildi. Qurilish ishlari yakunlanib, ko’prik foydalanish uchun topshirildi.

Xorazm viloyati Xiva shahri budjetida birinchi chorakda shakllangan qo'shimcha mablag'lar miqdori 1,15 milliard so'mni tashkil etgan. Ovoz berish jarayonida, kelib tushgan takliflar orasidan ko’l yonida joylashgan 11-sonli maktab atrofini orash tashabbusi aholi tamonidan qo’llab-quvvatlangan. Shu maqsadda shakllangan qo’shimcha mablajlardan pul ajratilinib, maktab atrofi toliq o’rab olindi va bolalar xavfsizligi ta'minlandi.

Eslatib o’tamizki, siz ham tumaningiz budjetida shakllanadigan qo'shimcha mablag'larning yo'nalishini aniqlashda qatnashishingiz mumkin. Buning uchun www.openbudget.uz  portalida ro'yxatdan o'ting va o'z takliflaringizni qoldiring. Ochiq muloqot va ovoz berish jarayonlari har chorak yakunidan song, birinchi oyda o’tkaziladi 
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 26 Avgust 2019 11:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 370 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd