РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

XALQ TA’LIMI VA MOLIYA VAZIRLIKLARI AXBOROTI

26
Avg 2019
138 marta ko'rildi

XALQ TA’LIMI VA MOLIYA VAZIRLIKLARI AXBOROTI

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi “Ma’rifat” gazetasida chop etilgan “Prezident farmoni bajarilmasligi mumkinmi?” murojaati bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida keltirib o’tilgan dasturning 12-bandida shaxslar o’rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va nogironligi bo’lgan shaxslar, shu jumladan, katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyat, tuman markazlarida (talablardan kelib chiqqan holda) umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va brayl alifbosini o’rgatish bo’yicha kurslar tashkil etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur bandning ijrosini ta’minlash maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, tegishli idoralarga taqdim etilgan. Jumladan, hujjat Moliya vazirligi bilan kelishilgan.

Hujjat loyihasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilgan va hozirda ekspertizadan o’tkazilmoqda.
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 26 Avgust 2019 11:26

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 454 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!