РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

22
Avg 2019
1208 marta ko'rildi

SOLIQ VA BUDJET SIYOSATI SOHASIDAGI SHAFFOFLIKNI OSHIRISH

Concrete

Avvalroq AQSh Davlat departamenti dunyoning barcha mamlakatlarida ushbu sohadagi minimal ochiqlik talablariga javob berishini baholaydigan 2018 yilgi soliq va budjet sohasidagi shaffoflik to'g'risidagi hisobotni e'lon qilgan edi. Hujjatda aytilishicha: fiskal shaffoflikni aniqlash mezonlari muntazam ravishda qayta ko'rib chiqiladi, natijada ba'zi davlatlar ushbu talablarga javob bera olmay qolishlari mumkin, hatto ular ilgari erishilgan shaffoflik darajasini saqlab tursalar yoki oshirsalar ham.

Hisobotda, O'zbekiston ko'rib chiqilayotgan davrda ushbu talablarni bajarishda sezilarli yutuqlarga erishgan davlatlar ro'yxatiga kiritilgan. Budjetnoma, tasdiqlangan budjet va yilning oxiridagi budjet ijrosi to'g'risidagi hisobotlarning nashr etilishi ijobiy qayd etildi.

Shuningdek, hujjatda soliq va budjet sohasi shaffofligini yanada kuchaytirish bo'yicha qator tavsiyalar berilgan. Ta'kidlash kerakki, ushbu yo'nalishda faol ish olib borilmoqda, shu jumladan hujjatda ko'rsatilgan barcha bandlar yuzasidan ham.

 Birma-bir ko'rib chiqqanda:

Tavsiya - 1. Qarz majburiyatlari, shu jumladan korxonalarning shartli va davlat qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlarning ochiq bo'lishi.

Hozirgi vaziyat. Hisobotda ko'rib chiqilgan muddatdan so'ng, 2019 yil 1 fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ayrim ma'lumotlarni rasman e'lon qilish bo'yicha cheklovlarni olib tashlash to'g'risida» qarori qabul qilindi. Bu qarzdor tashkilotlar kesimida davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzning umumiy hajmi (ichki va tashqi qarz), uning manbalari, valyutasi, foiz stavkalari, qaytarilishi muddatlari to'g'risida ma'lumotlarni keng tarqatish uchun imkoniyat yaratdi.

Farmonga muvofiq davlat qarzi to'g'risidagi ma'lumotlar vaqti-vaqti bilan Xalqaro valyuta jamg'armasining kengaytirilgan ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi (k-MTUT) portalida, "Ochiq budjet" (www.openbudget.uz), Moliya vazirligining Davlat ichki va tashqi qarz departamentining (www.dmo.mf.uz) va Markaziy bankning (www.cbu.uz) veb-saytlari shuningdek, London fond birjasi veb-saytidagi O'zbekiston Respublikasining xalqaro davlat obligatsiyalarining emissiya risolasida joylashtirib boriladi. (www.londonstockexchange.com/exchange/news/market-news/market-news-detail/other/13957483.html). Ushbu ma'lumotlar muntazam ravishda Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlarga taqdim etiladi.

Joylashtirilgan ma'lumotlar mamlakatimiz hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida bo'lgan barcha ichki va tashqi qarzlarni o'z ichiga oladi. Davlat nomidan yoki uning kafolati bilan olingan davlat korxonalarining qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlar Davlat ichki va tashqi qarzi departamenti veb-saytida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Ushbu korxonalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlarga muvofiq e'lon qilinishi tegishli ma'lumotlarning to'liq ochilishini ta'minlaydi.

Tavsiya - 2. Budjet hujjatlariga vazirliklar xarajatlari, davlat korxonalariga mablag' ajratish va ulardan daromad olish bilan bogliq batafsil ma'lumotni kiritish.

Hozirgi vaziyat. Joriy yildan boshlab davlat budjeti qonun shaklida tasdiqlanadi, oshkor etilayotgan fiskal ma'lumotlarning mazmuni, shu jumladan vazirliklar va boshqalar kesimida xarajatlar haqidagi ma'lumotlar mazmuni ham kengaytiriladi.

Tavsiya -  3. Budjet hujjatlari ishonchliligini ta'minlash. Davlat budjetining ijrosi to'g'risidagi auditorlik hisobotlarini oqilona muddatda tayyorlash va nashr etish.

Hozirgi vaziyat. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Budjet ma'lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga binoan Hisob palatasining tashqi audit natijalari va davlat budjeti hamda davlat maqsadli jamg'armalari budjetlarining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotlarni baholash bo'yicha xulosalari majburiy e'lon qilinishi shart qilib belgilangan. 2018 yil uchun hisobotdan (2019 yil may oyida yakunlangan) boshlab, Hisob palatasining xulosalari belgilangan tartibda e'lon qilinmoqda.

Tavsiya -  4. Tabiiy boyliklarni qazib olish uchun litsenziyalar va shartnomalarni taqsimlashning qonun hujjatlarida yoki normativ hujjatlarda to'liq mezonlari va tartiblarini belgilash va ularni amalda bajarish, ularni berish to'g'risida asosiy ma'lumotlarning hamma uchun ochiqligini ta'minlash.

Hozirgi vaziyat. 2019 yil 23 iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer qa`rini geologik jihatdan o’rganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qarori qabul qilingan. Hujjatda sohada xalqaro boshqaruv amaliyotini joriy qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, litsenziya shartnomasi asosida hamkorlik qilish shartlarni belgilash nazarda tutilgan. Shuningdek, potentsial investorlar kirish imkoniyati bo'lgan istiqbolli maydonlar va foydali qazilmalar konlari to'g'risidagi ma'lumotlar joylashtirilgan yagona elektron onlayn platformani yaratish rejalashtirilgan.

***

Alohida ta'kidlab o'tish kerakki, soliq va budjet sohasining shaffofligi to'g'risidagi hisobot AQSh Davlat departamenti tomonidan ishlab chiqilgan mezonlarga asoslangan va ushbu sohada keng qamrovli hujjat emas. Bundan tashqari, boshqa bir qator analogik xalqaro tadqiqotlar ham mavjud:

1. Soliq va budjet shaffofligini baholash (FTE) - Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshiriladi. 2018 yil iyun oyida Xalqaro valuta jamg'armasi missiyasi uni O'zbekistonda o'tkazdi va respublika 36 parametrning 16 tasiga asosan bazaviy mezon yoki undan yuqori standartlarga javob beradi degan xulosaga kelgan. 2019 yil mart oyida Jamg’arma missiyasi tadqiqotni yangiladi va davlat tomonidan ko'rilayotgan choralarni hamda va ular natijasida 8 mezon bo'yicha ijobiy o’zgarishni qayd etdi. Natijada, ma'lumotlar Xalqaro valyuta jamg'armasi kodeksining 36 ta tamoyilidan 23tasiga mos kelishi belgilangan.

2. Mamlakat davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholash (PEFA) Jahon banki tomonidan o’tkaziladi.  Jahon banki va Yevropa Ittifoqi maslahatchilari ishtirokida 2018 yil sentyabr-oktyabr oylarida mamlakatimizda o’tkazilgan. Xalqaro ekspertlar budjetning ishonchliligi / realligi (amaldagi natijalar rejalashtirilganlarni aks ettirishi), asosiy va tasdiqlovchi ma'lumotlarning  mavjudligi (12 bandan 7 tasi), shuningdek qarzlarni samarali boshqarish va budjetni tayyorlash jarayonidagi yutuqlarni qayd etdilar.

Hozirgi vaqtda davlat tomonidan moliyaviy shaffoflikni xalqaro standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish choralari ko'rilmoqda. 2019-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy boshqaruvini takomillashtirish bo'yicha strategiya ishlab chiqilgan bo'lib, unda yuqorida keltirilgan xalqaro tadqiqotlar natijalari va unda berilgan tavsiyalar inobatga olingan.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Avgust 2019 15:47

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 394 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!