Print this page
20
Avg 2019
339 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT XIZMATINING BAYYONNOMASI OCHIQ MA'LUMOTLAR: XABARDOR QILISHDAN FUQAROLARNI JALB ETISHGACHA

Ma'lumki, Moliya vazirligi davlat byudjetining shaffofligini ta'minlash va uni barcha fuqarolar uchun ochiq ko'rinishda taqdim etish bo'yicha faol ish olib bormoqda. Asosiy maqsad - aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va davlat xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan bir qatorda keng jamoatchilik vakillarini davlat boshqaruvi jarayoniga jalb qilish. Openbudget.uz elektron portali buning amaliy timsolidir. Ushbu platforma davlat byudjetining ijrosi, uning parametrlari, tarkibiy qismlari va prognoz ko'rsatkichlari to'g'risida batafsil ma'lumotlarni taqdim qiladi. Shuningdek, portal fuqarolarga mahalliy byudjetlar xarajatlari yo'nalishini belgilashda bevosita qatnashish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, Axborot xizmati mas'ul bo’limlar bilan birgalikda vazirlikning rasmiy sahifalarida quyidagi muhim yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlarni joylashtirib borishi ko'zda tutilgan:

Har kuni (ish kunlarida):

-    davlat byudjetining daromad va xarajatlari to'g'risida;
-    davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalar to'g'risida.

Oylik:

-    vazirliklar va idoralarga ajratilgan mablag'lar to'g'risida hisobot;
-    shuningdek, turli sohaga ajratilgan mablag'lar to'g'risida ma'lumot beriladi.

Siz ushbu ma'lumotlarni quyidagi sarlavhalar orqali kuzatib borishingiz mumkin: Kun raqami; Hafta raqami; Oy raqami.

Hurmatli fuqarolar, sizlardan davlat byudjetini shakllantirishda faol ishtirok etishingizni so'raymiz. 

Biz doimo taklif va istaklar uchun ochiqmiz.

Hurmat ila, 
Moliya vazirligi Axborot xizmati,
Matbuot kotibi Dildora Jurayeva

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 20 Avgust 2019 17:24
Our website is protected by DMC Firewall!