РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

20
Avg 2019
509 marta ko'rildi

HAQ TOʼLANADIGAN JAMOAT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI MOLIYAVIY QONUNBUZARLIKLAR ANIQLANDI

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʼlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʼgʼrisida nizom” talablari asosida haq toʼlanadigan jamoat ishlari uchun ajratilgan mablagʼlarni maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

Joylarda jamoat ishlarini tashkil etishda ayrim Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʼarmasi dan ajratilgan mablagʼlarni maqsadli sarflanishida qonun buzilish holatlariga yoʼl qoʼyilayotganligi aniqlandi.

Misol uchun, Surxondaryo viloyati Shoʼrchi tumani АBKM tomonidan Jamgʼarmadan jamoat ishlari uchun ajratilgan 73 mln.soʼm miqdoridagi mablagʼlar asossiz sarflab yuborilgan, jumladan: 

“Shorchi uy-joy mulkdorlari” shirkati raisi Nizom talablariga zid ravishda 30 nafar fuqarolarning pasport nusxalarini olib, ular bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan jamoat ishlariga jalb qilinganligi va 2018 yilning aprel-iyun oylarida jamoat ishlarida ishlaganliklari toʼgʼrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shoʼrchi tuman АBKMga taqdim etilgan ushbu soxta hujjatlar va buyurtmanomaga asosan shirkatning hisobraqamiga oʼtkazilgan 38,7 mln.soʼm Jamgʼarma mablagʼlari bank tomonidan shirkatning bankdan olgan kreditini qoplashga yoʼnaltirilgan. Shirkat tomonidan taqdim etilgan ish haqi hisoblash tabellarida nomlari qayd etilgan 30 nafar fuqarolar uy-joy shirkatida umuman ishlamaganligini va oylik ish haqlari olmaganligini maʼlum qilishgan.

Bundan tashqari, ushbu shirkat raisi “House building” MChJ rahbari bilan kelishgan holda Nizom talablariga zid ravishda yuqorida qayd qilingan 30 nafar fuqarolar ular bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ularni 2018 yil avgust-sentyabr oylarida jamoat ishlariga jalb qilinganligi haqida yana soxta hujjatlar rasmiylashtirgan. 

Ushbu rasmiylashtirilgan soxta hujjatlarga asosan АBKM tomonidan 27,6 mln.soʼm miqdoridagi Jamgʼarma mablagʼi “House building” MChJga oʼtkazib berilgan.

“House building” MChJ tomonidan ushbu oʼtkazilgan mablagʼdan shirkat raisining plastik kartasiga 8,7 mln.soʼm va shirkat hisobchisining plastik kartasiga 16,4 mln.soʼm oʼtkazib berilgan. 

Nazorat tadbiri natijasida mablagʼlarning noqonuniy sarflanishi aniqlangan holatlar toʼgʼrisidagi hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 21 Avgust 2019 10:38

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 557 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd