РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

16
Avg 2019
421 marta ko'rildi

MOLIYA TIZIMINING 2019 YIL I YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI TAHLIL ETILDI HAMDA ISTIQBOLDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

Concrete

Joriy yilning 14 avgust kunida Moliya vazirligida Davlat byudjetining 2019 yil I yarim yillik ijrosi va 2019 yilgi byudjet parametrlarini sifatli ijro etilishini ta'minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hay'at yig‘ilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) o‘tkazildi. Markaziy apparatning boshqarma boshliqlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, G‘aznachilik boshqarmalari boshliqlari, Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarmalari boshliqlaridan iborat jami 96 nafar rahbar hodimlar bevosita Respublika studiyasida, 712 nafar rahbar hodimlar esa tashkil etilgan hududiy studiyalarda ishtirok etdi.

Hay'at yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A.Kuchkarov tomonidan olib borildi.

Concrete

Yig‘ilishda, Moliya vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar tomonidan sezilarli ijobiy natijalar erishilganligi qayd etilib, tizimda mavjud muammolar tanqidiy tahlil etildi.

Mazkur Hay'at yig‘ilishida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqib:

- davlat byudjeti, xususan mahalliy byudjetlar daromadlarining 2019 yil I yarim yillik ijrosi, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan qo‘shimcha reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi va 2019 yil qolgan davrda reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi uchun ko‘riladigan chora-tadbirlari;
- davlat byudjeti, xususan mahalliy byudjetlar xarajatlarining 2019 yil I yarim yillik ijrosi tahlili, ijro davomida byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan moliyaviy xato va kamchiliklar hamda joriy yil yakuniga qadar xarajatlarni maqsadli yo‘naltirish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlari;
- o‘rta muddatli byudjetlashtirishga o‘tish hamda xarajatlarning maqsadli va natijadorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar;
- moliya tizimi faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Concrete

Shuningdek, tadbirda, 2019 yilda ham iqtisodiyotimizning yuqori va barqaror o‘sish sur'atlarini saqlab qolishda davlat byudjeti daromadlari tushumini ko‘paytirish, bu borada qo‘shimcha zaxiralarni izlab topish hamda byudjet xarajatlarining aniq maqsadlarda yo‘naltirish bilan birga uning natijadorligini oshirish bilan bog‘liq ustuvor-eng asosiy vazifalar belgilab olindi.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Avgust 2019 19:33

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 362 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!