РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

16
Avg 2019
1274 marta ko'rildi

BYUDJET TASHKILOTLARINING ASOSSIZ SARFLARI, KAMOMADLAR VA ULAR USTIDAN NAZORAT

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablagʼlarini sarflanishida tizimli ravishda byudjet qonun buzilish holatlariga yoʼl qoʼyilayotganligi aniqlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga yoki umuman ishlamaydigan fuqarolar nomiga ish haqi hisoblanishi homiladorlik va tugʼish nafaqalarini, shuningdek mehnat taʼtili, mukofot va moddiy yordam mablagʼlarining asossiz hisoblanishi va toʼlanishi natijasida byudjet mablagʼlarini noqonuniy sarflanishiga yoʼl qoʼyilgan.

Jumladan, Jizzax shahar 22-sonli umumtaʼlim maktabida haqiqatda ishlamaydigan 11 nafar fuqarolar nomiga homiladorlik va tugʼish nafaqalarini, shuningdek mehnat taʼtili, mukofot va moddiy yordam mablagʼlarining asossiz hisoblanishi va toʼlanishi natijasida

448,2 mln.soʼm byudjet mablagʼlari asossiz sarflab yuborilgan.

Haqiqatda ishlamagan fuqarolarga ish haqi xisoblash yoʼli bilan Boʼz tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida 99,3 mln.soʼm, Jarqoʼrgʼon tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida  65,3 mln.soʼm byudjet mablagʼlari oʼzlashtirilgan.

Kegayli tumanidagi 1-son umumtaʼlim maktabida 54,7 mln.soʼm va Buxoro shahridagi 1-son umumtaʼlim maktabida 31,2 mln.soʼm miqdoridagi byudjet mablagʼlari haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga ish haqi xisoblanishi natijasida asossiz sarflab yuborilgan.

Shoʼrchi tumanidagi 10-son umumtaʼlim maktabida xodimlarining plastik kartochkalarga asossiz mablagʼ oʼtkazish yoʼli bilan 36,1 mln.soʼmlik byudjet mablagʼlari noqonuniy oʼzlashtirilgan.

Yashnobod tumanidagi Koʼzi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi tasdiqlangan shtatlar jadvalidagi oʼzining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qoʼshib yozishi natijasida byudjetdan 77,6 mln.soʼm asossiz ortiqcha toʼlab yuborilgan.

Bulardan tashqari, Bogʼdod tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabida pudratchi “Fargʼona sayqal servis” xususiy korxonasi tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida bajarilgan taʼmirlash ishlari joyida nazorat oʼlchovidan oʼtkazilib, moliyalashtirish uchun taqdim etilgan hisob faktura maʼlumotlari bilan xaqiqatda bajarilgan ishlar solishtirilganda 129,9 mln.soʼmlik bajarilmagan ish xajmlari qoʼshib yozilganligi maʼlum boʼldi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi Sh.Rashidov tumanidagi

9-son maktabgacha taʼlim muassasasida haqiqatda ishlamagan 31 nafar fuqarolarga ish haqi xisoblash yoʼli bilan 955,5 mln.soʼm miqdoridagi byudjet mablagʼlari oʼzlashtirilishiga yoʼl qoʼyilgan.

Shuningdek, Buxoro shahar 46-son maktabgacha taʼlim muassasasida haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan 8 nafar xodimlarga 88,4 mln.soʼmlik ish haqi toʼlovlari ortiqcha hisoblanib, asossiz toʼlab yuborilgan.

Uychi tumanidagi 11-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi tomonidan 23 nafar xodimga 21,5 mln.soʼm avans pullari yozilib, ushbu mablagʼ xodimlarga tarqatilmasdan oʼzlashtirilgan.

Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi Sirdaryo viloyat Koʼp tarmoqli tibbiyot markazida bosh hisobchi va gʼaznachi tomonidan pullik xizmat hisobidan kirim qilingan 231,5 mln.soʼm naqd pul mablagʼlarini toʼlov qaydnomalarni qalbakilashtirilgan yoʼli bilan oʼzlashtirib yuborilgan.

Toshkent tuman tibbiyot birlashmasida avans toʼlovlarini ish xaqidan ushlamaslik, ortiqcha mukofot pullarining xisoblanishi va shifokorlar tomonidan bajarilmagan ish uchun ish haqi hisoblanishi natijasida 148,2 mln.soʼm byudjet mablagʼi asossiz sarflangan.

Qoʼqon shahar Tibbiyot birlashmasida xodimlarga ish haqi, mehnat taʼtili va boshqa turdagi ish haqiga tenglashtirilgan toʼlovlarini shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʼyxatida koʼrsatilgan miqdorlarga nisbatan ortiqcha va amalda ishlamagan kunlari uchun hisob-kitoblarni notoʼgʼri amalga oshirilishi natijasida 119,8 mln.soʼm ortiqcha toʼlovlarga yoʼl qoʼyilgan.

Mirobod tuman tibbiyot birlashmasida bosh hisobchi tomonidan birlashmada ishlamagan yoki oʼtgan yillarda ishdan boʼshab ketgan 4 nafar xodimlarga ish haqi hisoblanib, ularning nomiga ochilgan bank plastik kartochkalariga oʼtkazish yoʼli bilan jami 87,1 mln.soʼm toʼlab yuborilgan.

Uchqoʼrgʼon tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan byudjet muassasalarida ishlovchi xodimlarga koʼrsatilgan

75,6 mln.soʼm miqdoridagi pullik xizmat haqlari muassasa hisob-raqamiga kirim qilinmagan.

Fargʼona shahar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida birlamchi hujjatlarni oʼzgartirish yoʼli bilan 29 mln.soʼm naqd pul mablagʼlari kirim qilmasdan boshqa maqsadlarga sarflab yuborilgan.

Tuman (shahar) Obodonlashtirish boshqarmalarida oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida byudjet mablagʼlarini asossiz oʼzlashtirish, noqonuniy sarflash, tovar moddiy qiymatliklar kamomadiga yoʼl qoʼyish, bajarilmagan ishlarni qoʼshib yozish holatlariga yoʼl qoʼyilganligi aniqladi, jumladan:

Kattaqoʼrgʼon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bosh hisobchisi tomonidan 373,5 mln.soʼm byudjet mablagʼini oʼzining va 2 nafar qabriston nazoratchilarining plastik kartochkasiga asossiz oʼtkazib yuborilgan.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasida 297,3 mln.soʼmlik asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar kamomadiga yoʼl qoʼyilgan.

Nishon tuman xokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli “Yuksalish MFY” xududidagi chiqindi joylashtirish poligoni atrofini oʼrash ishlari loyiha smeta hujjatlari asosida amalga oshirilmaganligi va yakuniga yetkazilmaganligi natijasida 88,4 mln.soʼmlik bajarilmagan ishlar qoʼshib yozilgan.

Urganch tuman obodonlashtirish boshqarmasida shtat birliklari razryadlari yuqori belgilanishi, ishchi xodimlarga ish xaqlari asossiz ortiqcha hisoblanishi, moddiy yordam pullarining ortiqcha tayinlanishi natijasida jami 51,1 mln.soʼmlik byudjet mablagʼlari ortiqcha sarflangan boʼlsa, “Аsosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʼgʼrisida nizom” talablariga rioya qilinmasdan 2018 yilda xarid qilingan 37,4 mln.soʼmlik asosiy vositalar hisobdan chiqarib yuborilgan.

Yangier shahar obodonlashtirish boshqarmasida amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinmasdan ishchi xodimlarga ustama tayinlanishi natijasida 37,3 mln.soʼm ustama pullari ortiqcha toʼlangan.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 16 Avgust 2019 11:51

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 364 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!