РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI.

13
Avg 2019
573 marta ko'rildi

MAMNUN XODIMLAR SAMARALI FAOLIYAT ASOSI.

Concrete

Xodimlar - bu tashkilotning muvaffaqiyatini bevosita belgilovchi asosiy manba. Bu sohada nafaqat iqtidorli mutaxassislarni to'g'ri tanlab olish, shu bilan bir qatorda ularga yo'nalishni aniqlashda va martaba oshirishda ko’maklashish, o'sish va rivojlanish uchun qulay muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliya vazirligining kadrlar bo'limi xodimlarning ustun tomonlarini namoyish etish va faoliyat uchun eng yaxshi yo'nalishlarni aniqlashga alohida e'tibor qaratadi. Bu borada, turli xil tadbirlar, masalan, mahorat darslari, seminarlar, suhbatlar, qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlar testlari o'tkaziladi. Ulardan maqsad ma'lum bir mutaxassis qaerda o'zini eng yaxshi tomondan namoyon qilishi va o'z salohiyatini ochib berishidini aniqlashdir. Shuningdek, ichki korporativ ruhni yaratish uchun doimiy ravishda turli xil jamoaviy birlashishlar va treninglar tashkil etiladi.

Sohadagi eng ilg’or xalqaro tajribani, baholash usullarini, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini o'rganish bo'yicha doimiy ravishda ishlar olib boriladi. Xodimlarning samarali faoliyat olib borishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida etakchi mutaxassislar bilan tajriba almashiladi.

Concrete

Xususan, joriy yilning 6-12 avgust kunlari Moliya vazirligida Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) vakillari bilan seminarlar bo'lib o'tdi.
Concrete

Ma'lumot uchun:

KIPA - 1991 yilda tashkil etilgan, Koreya Respublikasining davlat boshqaruvi bo'yicha etakchi ilmiy-tadqiqot instituti. Institut ma'muriy tizim va boshqaruv organlarini rivojlantirish, boshqaruv, siyosat, davlat tomonidan tartibga solish sifati va samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligi muammolari va boshqa bir qator yo'nalishlarda keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi.

Concrete
Seminarlar doirasida Moliya vazirligining kadrlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan intervyular, yakka suhbatlar va ommaviy so’rovlar tashkil etildi, unda Koreya davlat boshqaruvi instituti mutaxassislari xodimlarni boshqarish metodologiyasini batafsil tahlil qilish va baholash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kadrlar bilan ishlash bo'limining mutaxassislarni tanlash borasidagi yangi tashabbusi yuqori baholandi. Xodimlarni rag'batlantirish tizimi hamda vazirlik tomonidan malaka oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan birga alohida ta'kidlandi.
Concrete

Seminar so’ngida tomonlar yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirishga va xodimlarni boshqarish sohasida tajriba almashish uchun ishchi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etishga kelishib oldilar.

 

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 13 Avgust 2019 17:59

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 554 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd