РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

QALBAKI AKSIZ MARKALAR VA NOQONUNIY ALKOGOL MAXSULOTLARINING SAVDOSI OLDI OLINDI

08
Avg 2019
124 marta ko'rildi

QALBAKI AKSIZ MARKALAR VA NOQONUNIY ALKOGOL MAXSULOTLARINING SAVDOSI OLDI OLINDI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi farmoyishiga asosan moliya va soliq organlari tomonidan iste’mol spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda qalbaki va sifat ko’rsatkichlariga javob bermaydigan alkogol mahsulotlarini aholiga etkazilishini chek qo’yish maqsadida monitoring o’tkazildi. 

Qashqadaryo viloyati Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tgazilgan monitoringda Kitob tumanida 8 857 dona va Nishon tumanida 7 807 dona alkogol mahsulotlarga markalangan aktsiz markalarining haqiqiyligi shubha uyg’otdi. 

Ushbu aktsiz markalari «Davlat belgisi» Toshkent bosma korxonasi tomonidan ekspertizadan o’tkazilganda ular bosma korxonasida ishlab chiqarilmagani va muomalaga kiritilmaganligi aniqlandi. 

Nazorat tadbirlari natijasida 8 turdagi 16 664 dona umumiy narxi 248 mln. so’mlik qalbaki aktsiz markalari bilan markalangan aroq mahsulotlarining savdosini oldi olindi hamda to’plangan hujjatlarni ko’rib chiqish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish choralari ko’rildi.

Ushbu mahsulotlarga markalangan qalbaki aktsiz markalar 
2017-2018  yillarda ishlab chiqilganligini inobatga olib, tadbirkorlar tomonidan kamida 2 yil davomida hisobga olinmagan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilishi hisobiga byudjetga soliq to’lovlari to’lanmasdan kelingan.

Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlari: 

Telegram: t.me/inspeksiyauzb

Facebook: www.facebook.com/inspeksiyauzb

Web-site: atmi.its.uz/

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 12 Avgust 2019 12:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 498 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!