РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PROFESSIONAL BUXGALTERLAR VA AUDITORLIK TASHKILOTLARINING NAZORAT FAOLIYATI SOHASIDA TAJRIBA ALMASHISH

06
Avg 2019
725 marta ko'rildi

PROFESSIONAL BUXGALTERLAR VA AUDITORLIK TASHKILOTLARINING NAZORAT FAOLIYATI SOHASIDA TAJRIBA ALMASHISH

Moliyaviy monitoring xalqaro o’quv-uslubiy markazi (Rossiya) va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan professional buxgalterlar va auditorlik tashkilotlarining nazorat faoliyati masalalari bo’yicha 2019 yil 2 avgustda tashkil etilgan davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar Palatasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi hamda auditorlik tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbati videokonferentsaloqa rejimida o’tkazilib, unda moliyaviy razvedka bo’linmasi (MRB), davlat organlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Evroosiyo guruhiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar (Belarus, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va b.) buxgalter va auditorlarining professional jamoat tashkilotlari ishtirok etishdi. 

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Evroosiyo guruhining Yovroosiyo hududi mamlakatlari uchun tashkil etgan xalqaro terrorizm tahdidlarini kamaytirish va davlatlar moliyaviy tizimining ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash hamda pullarni yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish xalqaro infrastrukturasining keyingi integratsiyalashuv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda mamlakat iqtisodiyotini integratsiyalashuvi jarayonlari sharoitida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tadbirlarini samaradorligi muammolarining dolzarbligi oshib borayotganligi ta’kidlandi. Davlat tomonidan bugungi kunda dolzarb bo’lgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni  yuridik shaxslar bilan mazkur daromadlarni nazorat qiluvchi xaqiqiy egalarini yashirish maqsadida murakkab moliyaviy operatsiyalar qo’llanilishiga,  jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish muammolariga doimiy va alohida e’tibor berilishi talab qilinadi.

Tadbir ishtirokchilari professional buxgalterlar va auditorlik tashkilotlarining nazorat faoliyati bo’yicha eng yaxshi tajribalar bo’yicha tematik ma’ruzalar va taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar.

O’zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunini 7-moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishga majburligi belgilab qo’yilgan. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qo’llash tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, auditorlik tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritishga doir xizmatlarini ko’rsatishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlariga, auditning milliy va xalqaro standartlariga, auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalariga (2018 yil 15 dekabr, ro’yxat raqami 3101-son), pullarni yuvishga qarshi kurashish bo’yicha moliyaviy tadbirlar ishlab chiquvchi Guruhning tipologik izlanishlari va tavsiyalariga tayanishmoqda.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga  qarshi kurashishda auditorlarning o’rni alohida ahamiyatga ega, chunki turli hil xizmatlarni ko’rsatishda, ayniqsa auditorlik tekshiruvini o’tkazishda auditorlar korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga oid axborotlarga ega bo’ladi va u asosida o’zining professional fikr-mulohazasi va tajribasidan kelib chiqqan holda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish ehtimolining mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Yana shuni qayd etish joizki, bu risklarni minimallashtirish uchun faqatgina auditorlik tashkilotlarining say-harakatlari etrali emas.  

Davra suhbati davomida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

  • nomoliyaviy kasb vakillari (buxgalterlar va auditorlar)  tomonidan shubhali operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish;
  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish sohasiga oid qonunchilik va boshqa ta’sir vositalarining samaradorligi;
  • risklar bo’yicha milliy baholashni o’tkazish va boshqa masalalar.

Davra suhbati do’stona muloqot shaklida bo’lib o’tdi. Tadbir ishtirokchilari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tadbirlari bo’yicha tajribalar almashishga doir seminarlarni tashkil etish muhimligini e’tirof etdilar.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 06 Avgust 2019 10:07

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 314 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!