Print this page
05
Avg 2019
136 marta ko'rildi

Eksport_QQS_bot - EKSPORT QILUVCHILARGA QQSNING ORTIQCHA SUMMASINI QAYTARISH BO'YICHA MAXSUS telegram bot

Concrete

Eksport qiluvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan maxsus telegram-bot yaratildi. Botning vazifasi - nol darajali stavkani qo'llash natijasida hosil bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'ining ortiqcha summasini qaytarishda amaliy yordam ko'rsatish.

Botda taqdim qilingan ma'lumotlar orqali siz quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:
- soliq to'lovchining bankdagi hisobvarag'iga QQSning ortiqcha summasini qaytarish to'g'risidagi ariza topshirish tartibi;
- kerakli hujjatlar ro'yxati;
- qaytarish jarayoni.

 Shu bilan birga, bot foydalanuvchilari qo'shilgan qiymat solig'ining ortiqcha summasini qaytarish bilan bog'liq muammolar bo'yicha murojaat yuborish hamda o'zlarining takliflarini qoldirishlari mumkin.

https://t.me/Eksport_QQS_bot

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 05 Avgust 2019 15:51
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd