РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

QISHLOQ XO’JALIK KORXONALARIGA ETKAZIB BERILADIGAN QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKALARINI MOLIYALASHTIRISHNING YANGI MEXANIZMI TO’G’RISIDA

02
Avg 2019
539 marta ko'rildi

QISHLOQ XO’JALIK KORXONALARIGA ETKAZIB BERILADIGAN QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKALARINI MOLIYALASHTIRISHNING YANGI MEXANIZMI TO’G’RISIDA

Concrete

Prezidentimiz tomonidan qishloq xo’jaligini zamonaviy unumli texnikalar va agregatlar bilan ta’minlashga so’nggi yillarda alohida e’tibor qaratilib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, birgina so’ngi 2018 yilda qishloq xo’jaligiga qishloq xo’jaligi texnikalarini etkazib berishni moliyalashtirish uchun  2 trln. 237 mlrd. so’m mablag’, shu jumladan 1 trln. 667 mlrd. so’m byudjet mablag’lari jalb etildi.

Lekin, bugungi kunda texnika parkining 25 foizdan ortig’i 15 yildan ortiq qishloq xo’jaligida foydalanib kelinmoqda. Shu sababli qishloq xo’jaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta’minlash ishlarini izchil davom ettirish talab etiladi. 

Shu sababli, qishloq xo’jaligini texnikalar bilan o’z vaqtida ishonchli ta’minlash hamda tijorat banklari mablag’larini jalb etgan holda moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini qo’llash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 578-sonli qarori qabul qilindi.

Concrete

Mazkur qarordan ko’zlangan asosiy maqsad qishloq xo’jalik korxonasining talabiga binoan respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi traktorlar, jumladan haydov, chopiq, transport va bog’dorchilik traktorlari, uch va undan ortiq korpusli aylanma omochlar hamda ko’p vazifali pnevmatik va mexanik seyalkalarni imtiyozli foizlarda etkazib berilishini ta’minlashdir.

Shu maqsadda ushbu qaror bilan lizing yoki kredit shartlarida etkazib berilgan qishloq xo’jalik texnikalari uchun belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punkti miqdorida foiz xarajatlarini qoplab berish uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi belgilanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligini Davlat tomonidan qo’llab-quvvalash jamg’armasining, rasmiy sahifalarini endi ijtimoy tarmoqlarda kuzatib borishingiz mumkin.

Endi qishloq xo’jaligi sohasidagi yangilik, reja, taklif murojaat va munosabatlarni ushbu sahifalarda birgalikda muhokama qilamiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling:
______________________________________________
Veb-sayt: agrofin.uz
Facebook: www.facebook.com
Instagram: www.instagram.com
Telegram: t.me/agrofinuz


 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 02 Avgust 2019 18:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Sentyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30            

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 433 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd