РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO’LGAN BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR

01
Avg 2019
267 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BO’LGAN BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI BARCHA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN UMUMIY MALAKA VA SHAXSIY TALABLAR

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI “INSTITUTSIONAL SALOHIYATNI OSHIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH GURUHI

Xaridlar bo’yicha mutaxassis

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
• Iqtisodiyot, yuridik, injener va boshqa sohada oliy ma’lumotga ega bo’lish;
• Jaxon banki va boshqa xalqaro moliya institutlari qoidalarga asosan xaridlarni amalga oshirish bo’yicha malaka va qobiliyatga ega bo’lish;
• Ingliz va o’zbek/rus tillarini mukammal darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar);
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Microsoft Word, Exсel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
• Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
• Muomala va muzokara madaniyati;
• O’z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati. 

Vazifalar:
1. Loyiha doirasida xaridlarni amalga oshirish (tovar va xizmatlarga, ta’minotga, tenderlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash); 
2. Tovar etkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish;
3. Haridlar bo’yicha uzoq va qisqa muddatli rejalar tuzish;
4. Bozorni doimiy tahlil qilish va narxlar harakatini kuzatish;
5. Xarid bilan bog’liq xarajatlarni qisqartirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
6. Buyurtma, tovar va xizmatlarning etkazib berilishini monitoring qilish;
7. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Tarjimon-referent

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
• Ingliz, o’zbek va rus tillarini mukammal darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ma’qullanadilar);
• Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
• Mehnatsevarlik va o’z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish;
• Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan qarash;
• Muomala va muzokara madaniyati;
• O’z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati. 

Vazifalar:
1. Ish yuritish (Loyihani amalga oshirish guruhiga tegishli bo’lgan xat va hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish, hujjatlar aylanishini amalga oshirish va boshqarlar); 
2. Xalqaro hamkorlar bilan ishlash;
3. Ish uchrashuvlarini tashkil etish; 
4. Ish uchrashuvlari va telefon orqali muzokaralarda tarjimon vazifasini bajarish;
5. Jaxon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xat va hujjatlarni tarjima qilish; 
6. Lavozimga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.


NOMZODLAR ANKETALARNI YUBORISHDA O’Z INSHOLARIDA
ALBATTA QAYSI BOSHQARMA VA BO’LIMDA HAMDA LAVOZIMDA ISHLASH ISTAKLARINI ANIQ KO’RSATIB O’TISHLARI LOZIM

AKS HOLDA ANKETALAR KO’RIB CHIQILMAYDI !!!

Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 14 iyundagi «Kadrlar zaxirasini tashkillashtirish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 108-sonli buyrug’ida tasdiqlangan tartib-qoidalar asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzodlar quyida keltirilgan elektron manzil orqali ingliz va o’zbek tillaridagi ma’lumotnomalarini (CV word shaklida) topshirishlari lozim hamda qisqacha nima uchun shu lavozimda ishlash istagi borligi to’g’risida insho (insho Times New Roman 13 shriftida kamida ikki varaqda) yozib joriy yilning 10 avgustiga qadar jo’natishlari (o’zbek va ingliz tillarida) zarurdir (CV namunasi ilova qilinadi). 14 avgustga qadar (ohirgi muddat 14 avgust) ishchi guruhi tomonidan nomzodlar yuborgan CV va insholar o’rganib chiqiladi va talablarga javob bergan nomzodlar keyingi bosqichga o’tganliklari to’g’risida habar beriladi.

2-bosqich: Ikkinchi bosqichga o’tgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida o’zbek va ingliz tillarida suhbat o’tkazish joyi, sanasi va vaqti haqida e’lon beriladi. Suhbat natijasi ball tizimi bo’yicha baholanadi (eng yuqori 10, eng past 1 ball) bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qo’yib chiqadi. 

3-bosqich: Komissiya 2 bosqichdan o’tgan nomzodlarning ballarini ko’rib chiqib, nomzodlarga tanlov natijalari to’g’risida ma’lumot berilishini ta’minlaydi.

Barcha hujjatlarni Xodimlar bilan ishlash boshqarmasining kadrlar bo’limiga Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi.

Bog’lanish uchun (+99871) 239-17-01 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 CVni ko'chirib olish: DOC (0.04МB)

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Avgust 2019 18:26

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 335 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!