РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PRESS RELIZ – HISOBOT

01
Avg 2019
335 marta ko'rildi

PRESS RELIZ – HISOBOT

Concrete

Joriy yilning 30 iyul kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda O’zbekiston Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining 2019 yilning I-chi yarim yiligida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalarga bag’ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
    
Tadbirdan ko’zlangan maqsad keng jamoatchilikni OAV orqali Davlat-xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilgan ishlar ko’lami va DXSh loyihalari bilan yaqindan tanishtirish va oldindagi vazifalarni bajarish bo’yicha tuzilgan yo’l xaritasini taqdim etishdir.
 
2019 yil I-chi yarim yilligi mobaynida respublikada Davlat-xususiy sheriklik sohasida muxim qadamlar amalga oshirildi.  Jahon andozalariga mos bo’lgan O’zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Davlat xususiy sheriklik sohasiga xuquqiy  oid  normativ-xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash to’g’risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va Adliya vazirligiga kiritildi. Bundan tashqari, Agentlik tomonidan DXSh jarayonlari uchun  muxim hisoblangan va ko’pgina sohalarga tadbiq etilishi mumkin bo’lgan – namunaviy davlat-xususiy sheriklik shartnomasi tayyorlangan va vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Concrete

DXSh loyihalarini amalga oshiradigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro’yxati (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24ta farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 65ta qarorlari va 43ta O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari) inventarizatsiya qilindi). Natijada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 farmoniga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5ta qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8ta qaroriga o’zgartirishlar kiritish taklif qilindi.

Agentlik Qonundan kelib chiqadigan huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi, xususan, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi va manfaatdor vazirliklar va idoralarga “Davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontseptsiyasini ishlab chiqish, ko’rib chiqish va tasdiqlash, xususiy sherikni tanlash uchun shartnoma tuzish tartibi” Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” gi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reestrini yuritish tartibi to’g’risida Nizom” va “DXSh loyihalarini amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi” ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi 4300-sonli Qaroriga asosan 2019 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 15 ta loyiha tasdiqlangan. Xozirgi kunda davlat-xususiy sheriklikning ustuvor tarmoqlari, bu elektr energiyasini ishlab chiqarish, transport sohasi (aeroport, yo’llar va h.k.), ijtimoiy soha (sog’liqni saqlash, ta’lim va maktabgacha ta’lim, sport), telekommunikatsiya, kommunal xo’jalik (suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik, qattiq chiqindilar), qishloq va suv xo’jaligi, turizm sohalari hisoblanadi. Agentlik tomonidan mazkur sohalarga investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, xozirgi kunda Agentlik tomonidan mutassadi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qiymati 10 mlrd AQSh dollardan ko’p bo’lgan 17ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

Masalan, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko’magida 100 mln. AQSh dollari qiymatidan ortiq ikkita yirik loyiha – 100 MVt quvvatli fotoelektrik qo’yosh stantsiyasini qurish va gemodializ xizmatlarini ko’rsatuvchi markazlarini yaratish loyihalari bo’yicha tenderning yakuniy bosqichlariga kelinmoqda. Mazkur loyihalarning tender jarayonlarida qatnashishga 50 dan ortiq yirik xorijiy investorlar qiziqish bildirgan.
    
Energetika sohasi:

1. Quyosh energetikasi
Bugungi kunda O’zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasining ko’magida Davlat-xususiy sheriklikligi doirasida Navoiy viloyatida pilot 100 MVt quvatga ega quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish loyihasi tenderi yakunlanish arafasida.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Xalqaro moliya korporatsiyasi ko’magida DXSh asosida quriladigan quyosh fotoelektr stantsiyalar quvvatini 2000 MVtga etkazish va 2030 yilga borib uni umumiy quvvati 5000 MVtga etkazish rejalashtirilgan.

2. Shamol energetikasi 
BAAning “MASDAR” kompaniyasi bilan hamkorlikda  G2G (government to government) asosida umumiy quvvati 500 MVt bo’lgan shamol elektr stantsiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan ham DXSh asosida quvvati 1000 MVt bo’lgan shamol elektr stantsiyasini qurish bo’yicha memorandum imzolangan.

3. Bug’gaz qurilmalarini o’rnatish
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan Sirdaryo viloyatida 2600 MVt bo’lgan birlashgan-tsiklli gaz turbinli grinfild (greenfield) elektr stantsiyasini qurish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. BAAning “Mubadala” kompaniyasi bilan hamkorlikda G2G (government to government) asosida Talimarjon IESda modernizatsiya qilish va boshqaruvini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari xozirgi vaqtda, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda OTBning ekspertlari bilan birgalikda Toshkent shahrida gaz va elektr energiyani taqsimlash loyihasini amalga oshirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, mamlakatning quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo’yicha salohiyati Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida yuqori hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa shamol energetikasi sohasida ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlangan.

Transport sohasi
Transport sohasidagi loyihalar DXShning asosiy o’zagini tashkil etadi. Xozirgi kunda quydagi loyihalar ustida o’rganishlar olib borilmoqda:
1. Toshkent xalqaro aeroporti va viloyatlardagi aeroportlarni DXSh asosida modernizatsiya qilish nazarda tutilgan. Mazkur loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari bilan xamkorlikda amalga oshirilmoqda.
2. Toshkent-Andijon avtomobil yo’lini qurish loyihasini amalga oshirishning birlamchi iqtisodiy-texnik izlanishlar olib borilmoqda. Oldin ta’kidlanganidek, yo’l-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi yo’lini qurish bo’yicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining GIF (Global Infrastructre Facility) jamg’armasi tomonidan izlanish granti taqdim qilingan. Mazkur loyiha bo’yicha Jahon banki vakillaridan iborat yo’l qurilish bo’yicha ekspertlari O’zbekistonda kelib, tegishli vazirliklar mutaxassislari bilan magistral yo’lini o’rganishgan.
3. Shu jumladan, Toshkent — Samarqand avtomobil yo’lini qurish loyihasini amalga oshirishda xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlar jadallashtirilgan.

Ijtimoiy va sport (madaniyat) sohalari
1. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish orqali nodavlat ta’lim sektorini rivojlantirishga hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Nodavlat bog’chalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga keng imtiyozlar va preferentsiyalar taqdim etilishi natijasida hisobot davrida 450 dan ortiq nafar tadbirkorlar bilan 51 minga yaqin quvvatga ega nodavlat bog’chalarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangan. Shuningdek, quvvati 60 mingdan ortiq o’ringa ega 2,4 mingta oilaviy shakldagi nodavlat bog’chalarini tashkil etish bo’yicha tadbirkorlar bilan kelishuvga erishilgpn. Davlat-xususiy sheriklik bitimi imzolangan tadbirkorlarning 850 nafariga umumiy qiymati 1,4 trln.so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratilgan hamda joriy yilning birinchi yarmida 360 dan ortiq nafar tadbirkorlar tomonidan qurilish ishlari yakunlanib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Bugungi kunda mamlakatda davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish orqali nodavlat ta’lim sektorini rivojlantirishga hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida hisobot davrida 50 920 quvvatga ega nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangani deputatlar tomonidan ijobiy baholandi. Natijada respublikada maktabgacha ta’lim muassasalari soni 9 774 tani tashkil etib, 2 632 ming nafar maktabgacha yoshdagi bolalarning 1 066 353 nafarini (40,5 foiz) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishga erishilgan.

Xorijiy investorlar ishtirokida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida respublikaning turli hududlarida umumiy qiymati 14 mln. dollar bo’lgan va 3 ming o’ringa mo’ljallangan innovatsion maktabgacha ta’lim muassasalari, Jizzax viloyatida umumiy qiymati 18,0 mln. dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 10 ta innovatsion maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilish bo’yicha loyihalar rejalashtirilmoqda.

2. Sog’liqni-saqlash sohasi tizimida O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sterilizatsiya markazlarini qurish, ijtimoiy dorixonalar, reabilitatsiya markazlari, onkologiya markazlari va markaziy laboratoriyalarni barpo etish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

3. Sport sohasida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi 184-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori qabul qilingan bo’lib, bunda jami 27 ta davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorlarga beriladigan foydalanilmayotgan va bush turgan sport inshootlari ro’yxati tasdiqlandi.

Qishloq va suv xo’jaligi sohasida
Qishloq va suv xo’jaligi sohasida ham DXSh asosida loyihalarni amalga oshirga alohida etibor berilmoqda. Suv xo’jaligi vazirligi bilan hamkorlikda xozirgi kunda irigatsiya tizimi bo’yicha loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Sirdaryoda erlarni rekultivatsiya qilish bo’yicha loyihalar o’rganib chiqilmoqda. Qishloq xo’jaligi sohasida zamonaviy xizmat ko’rsatish boshqaruv tizimini joriy qilish kabi loyihalar ustida ishlanmoqda. 

Kommunal xo’jalik sohasi
1. Issiqlik ta’minoti tizimi. Toshkent shahar hokimi va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan  Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo’yicha ko’mak ko’rsatishga kelishib olindi. Osiy taraqqiyot banki loyihadagi bitimlar bo’yicha xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikchiligi to’g’risidagi qonun talablariga ko’ra eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan ijara shartnomasini imzolashda ko’maklashadi.
2. Suv ta’minoti va kanalizatsiya. Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida mazkur loyihalarni amalga oshirishdan asosiy maqsad kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruktsiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo’qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy IT texnologiyalarini qo’llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda zamonaviy menejment usullari va jarayonlarni qo’llashdan iborat.
    
Boshqa sohalar
Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish borasida tizimli ishlar davom ettirildi. Turizm va telekomunikatsiya sohasida ham DXSh loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan bo’lib, ayni vaqtda vakolatli davlat organlari va idoralari bilan birga hamkorlik aloqlari yo’lga qo’yildi.  
    
Hududlar bilan ishlash va malaka oshirish
Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Davlat-xususiy sherikligi asosida loyihalarni amalga oshirish istagida bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari va investorlar, Davlat idoralari vakillari uchun sayyor ochiq muloqotlar tashkil etilib, “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati bo’yicha  keng tushuntirish ishlarini olib borildi. Shuningdek, investorlarning DXSh sohasida yuzaga kelayotgan masalalarini joyida o’rganib, xuquqiy maslahatlar berildi. Shu bilan birga amalga oshirilayotgan DXSh loyihalarining Qonun talablariga mos kelishini baholash bo’yicha o’z tavsiyalarini taqdim etildi. Vazirliklarda va idoralar bilan seminar-treninglar va ochiq muloqotlar tizimli ravishda tashkil etilishi davom etmoqda. 

Malaka oshirish sohasida XMK ko’magida vazirliklar va idoralarning 30 nafar mutaxassislari uchun DXSh bo’yicha treninglar o’tkazilgan, ulardan 22 nafar mutaxassis (11 nafar Moliya vazirligining xodimlari), imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tib, xaqaro darajali sertifikatlar olindi.

DXSh loyiharini tuzishda foydalanadigan moliyaviy modellar bo’yicha seminarlar tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Investitsiyailar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, Suv xo’jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimiyati va 4ta viloyat hokimiyatlari rahbari bilan birgalikda DXSh loyihalarida xatar matritsalarni yaratish bo’yicha treninglar o’tkazildi.
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Avgust 2019 11:08

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 284 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!