РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

«AUDIT DUNYOSIDAGI O’ZGARISHLAR: CHAQIRIQLAR VA IMKONIYATLAR»

31
Iyul 2019
674 marta ko'rildi

«AUDIT DUNYOSIDAGI O’ZGARISHLAR: CHAQIRIQLAR VA IMKONIYATLAR»

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 25-26 iyul kunlari Vladivostokda (Rossiya) bo’lib o’tgan «Audit dunyosidagi o’zgarishlar: chaqiriqlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiya Rossiya Federal G’aznachiligi tomonidan tomonidan tashkil etildi.

Xalqaro konferensiya dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi davlat organlari, auditorlarning professional hamjamiyati, katta to’rtlikdagi xalqaro auditorlik tashkilotlari (Big-4) hamda auditorlik faoliyatini nazorat qiluvchi organlar vakillarini birlashtirdi. konferensiyada qatnashgan aksariyat davlatlarda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ bo’lib Moliya vazirligi hisoblanadi.

Muhokamaning dolzarb mavzusi bo’lib jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarini rivojlantirishda auditning ahamiyati masalasi hisoblandi. Chunki, bugungi kunda zamonaviy audit tabdirkorlik faoliyatining alohida turi hisoblanib, u investorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash orqali jamoa mafaatlarini qondirishga qaratilgan.

Konferensiya davomida asosiy e’tibor auditorlik faoliyati ustidan nazorat qilish va uning ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlashdagi o’rni masalalariga qaratildi. Auditorlik faoliyatining mustaqil regulyatorlari Xalqaro forumi (IFIAR) vakillari bugungi kunda 55 ta davlat – IFIAR a’zosi ekanligini qayd etishdi.

Shuningdek, konferensiyada auditorlik faoliyatini tartibga solishning hozirgi xalqaro tendentsiyasi ushbu jarayonda davlatning rolini oshirishga qaratilganligini va bunda tashqi sifat nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Konferensiya davomida Buyuk Britaniya, Gretsiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi, Yaponiya davlatlari vakillari, hamda auditorlik faoliyatining mustaqil regulyatorlari Xalqaro forumi (IFIAR), buxgalter va auditorlar etikasi standartlari bo’yicha Qo’mita, audit va ishonchni ta’minlash xalqaro standartlari bo’yicha Kengash (IAASB), Jahon bankining ichki audit amaliyotchilari hamjamiyati (PEMPAL), vakillari auditorlik faoliyati ustidan nazorat qilish va davlat tomonidan ularni tartibga solishning ahamiyati bo’yicha tajribalar almashishdi.

Xalqaro tajriba shundan dalolat beradiki, auditning huquqiy asoslari davr va ishbilarmonlik hamjamiyati talablarini hisobga olgan holda doimo o’zgarib takomillashib bormoqda.

O’zbekistonda ham auditorlik xizmatlari bozorining xuquqiy asoslarini takomillashtirish va auditorlik faoliyati ustidan monitoring tizimini rivojlantirish bo’yicha maqsadli kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda va ular audit bozori infrastrukturasini izchillik bilan xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishga olib keladi.

Konferensiya ishtirokchilari jadallik bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalar sharoitida auditni takomillashtirishning muhimliligini ta’kidlashdi va raqamli iqtisodiyot sharoitida inson resurslarining ahamiyatini muhokama qilishdi hamda professional etika printsiplariga rioya etishning zarurligini ta’kidlashdi.

Yig’ilish qatnashchilari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashning asosiy omili sifatida auditorlik faoliyati katta imkoniyatlarga ega ekanligini inobatga olgan holda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi organlar bilan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va tajribalar almashish masalalariga katta e’tibor qaratishdi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Avgust 2019 10:09

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 286 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd