РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taqdimoti o’tkazildi

12
Iyul 2019
929 marta ko'rildi

Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi va “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri taqdimoti o’tkazildi

Moliya vazirligi Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan birgalikda o’rta muddatli davr uchun davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasini ishlab chiqdi.

2019 yil 12 iyul kuni “Poytaxt” Biznes markazida davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarining muhokamasi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda turli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar elchixonalari vakillari, milliy ekspertlar, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi, “Rivojlanish strategiyasi” Markazi, Moliya vazirligi, Bank-moliya akademiyasi, OAV vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi respublika byudjet tizimida amalga oshirilayotgan va amalga oshirish mo’ljallangan barcha islohotlarni yagona kompleks hujjatda birlashtiradi va davlat moliyasi haqidagi keng qamrovli ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash, natijadorlik va samaradorlikga o’tish bo’yicha soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni ishlab chiqish, soliq-byudjet javobgarligi va hisobdorligini kuchaytirish kabi yo’nalishlarni nazarda tutadi.

PEFA metodologiyasi bo’yicha o’tkazilgan davlat moliyasini boshqarish samaradorligini va XVJ shaffoflik Kodeksiga muvofiq (FTE) byudjet-soliq sohasida davlat moliyasi to’g’risidagi ma’lumotlar shaffofligi bo’yicha o’tkazilgan baholashlar Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo’ldi.

Ushbu baholashlar natijalari va amaldagi byudjet tizimidagi muammo va kamchiliklarni hisobga olib, Strategiya loyihasida quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan:

- byudjet ustunligini tiklash va davlat boshqaruvining barcha darajasida javobgarlikni kuchaytirish orqali byudjet jarayonida hukumatning rolini qayta ko’rib chiqish;

- davlat moliyasi to’g’risidagi keng qamrovli ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash hisobiga byudjet ma’lumotlarining qamrab olinishini, solishtiriluvchanligini va yaxlidligini ta’minlash;

- o’rta muddatli byudjetni ishlab chiqish va natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirishga o’tishda bir yillik byudjet mablag’larini va davlat investitsiyalarini boshqarishni mustahkamlash, soliq risklarini va hukumat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish orqali soliq-byudjet siyosatiga strategik yondashuvni ishlab chiqish

- soliq-byudjet risklarini fosh etish, tahlil qilish va boshqarishni yaxshilash yo’li bilan aktivlar va majburiyatlar risklarini boshqarish

- byudjet hisobotlari standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit funktsiyalarini rivojlantirish va byudjet jarayonida aholining keng ishtirokini ta’minlash bilan bir vaqtda davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni ko’chaytirish yo’li bilan soliq-byudjet javobgarligini oshirish;

to’g’ri makrofiskal funktsiyalarni ishlab chiqish, makrofiskal prognozlar uchun aniq javobgarligini ta’minlash, davlat xaridlari tizimida shaffoflikni oshirish va Parlamentning rolini kuchaytirish orqali institutsional salohiyatni va huquqiy bazani mustahkamlash.

Shu bilan birga birinchi marta BMT taraqqiyot dasturi bilan xamkorlikda ishlab chiqiligan 2019 yil byudjet ko’rsatkichlariga bag’ishlangan “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri o’zbek va rus tillari qatorida ingliz tilida ham tayyorlandi.

Yurtimizda “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini jamoatchilikka taqdim qilinishidan asosiy maqsad axolining keng qatlami uchun axborotning mazmunan qulayligini ta’minlash byudjet borasida fuqarolar bilan o’zaro hamkorlik qilish mexanizmlarining samaradorligini hamda ularning byudjet sohasidagi savodxonligini oshirishdan iborat.

Shuni alohida takiddlash lozimki, “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri O’zbekiston Respublikasida ilk bora 2018 yilda ishlab chiqilgan.Mazkur davr moboynida jamoatchilikka “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrining 2018 yil tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasidagi, 2019 yil byudjet loyixasi doirasidagi nashrlari keng jamoatchilikka taqdim qilingan edi.

Ushbu axborot nashri orqali fuqarolarimiz o’zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob olishlari mumkin.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz 2018-2019 yillardagi “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrlari bilan Moliya vazirligining www.mf.uz elektron manzili hamda ahborot portali Openbudget.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 15 Iyul 2019 12:54

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 388 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd