РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA DAVLAT QARZI HISOBINI YURITISH VA MONITORING QILISHNI AVTOMATLASHTIRMOQDA

08
Iyul 2019
1060 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA DAVLAT QARZI HISOBINI YURITISH VA MONITORING QILISHNI AVTOMATLASHTIRMOQDA

Concrete

Moliya vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki va BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) hamkorligida OTBning "Investitsiya loyihalarini va tashqi qarzlarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat idoralarining salohiyatini rivojlantirish" loyihasi doirasida davlat qarzini boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi (DMFAS-6 dasturiy majmuasi) joriy qilinmoqda.

Concrete
DMFAS-6 dasturiy majmuasi davlat qarzi hisobini yuritish, monitoring qilish va davlat qarzlarini tahlil qilish, shuningdek hisobotlarni avtomatlashtirish asosida xalqaro standartlarga javob beradigan to’liq va kompleks ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyatini beradi.
Concrete

Mazkur loyiha doirasida 2019 yil 17-28 iyun kunlari UNCTAD vakili Xolid Ibrohim va UNCTADning mustaqil maslahatchisi Artak Marutyandan iborat missiya Moliya vazirligiga tashrif buyurdi. 

Missiya davomida Moliya vazirligining davlat tashqi va ichki qarzi departamenti xodimlari uchun DMFAS-6 dasturiy majmuasi funktsiyalaridan foydalanish bo’yicha treninglar o’tkazildi, xususan:

•    haqiqiy va prognozlangan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, alohida qarz majburiyatlari vositalarini, umumiy qarz portfelini monitoring va tahlil qilish uchun zarur standart hamda foydalanuvchi hisobotlarini tayyorlash;
•    moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblashni o’z ichiga olgan qarzdorlik portfelini tahlil qilish (o’rtacha foiz stavkasi, o’rtacha so’ndirish muddati va boshqalar); qarzdorlik stavkalari (YaIMga nisbatan qarzlar darajasi va boshqalar), qarzning sezuvchanligi, uning valyuta kurslari va foiz stavkalari o’zgarishlariga bog’liqligi;
•    ma’lumotlarni ishonchliligini tekshirish bo’yicha DMFAS-6 dasturidagi hisobotlar va mantiqiy xulosalar yordamida ma’lumotlar bazasida ro’yxatdan o’tishning to’g’riligi, o’z vaqtida va to’liqligini tekshirish;
•    Amaliy misollardan foydalangan xolda, O’zbekiston Hukumati tomonidan tashqi va ichki qarzlar bozoriga joylashtirilgan davlat obligatsiyalarini ro’yxatdan o’tkazish;
•    DMFAS dasturining Jeneva shahrida joylashgan bosh shtabi tomonidan barcha foydalanuvchi tashkilotlarga ko’rsatiladigan onlayn yordam xizmati bo’yicha tushunchalar shular jumlasidandir.

Concrete

Bundan tashqari, UNCTAD vakillari tomonidan mavjud kredit shartnomalari va bir qator texnik masalalar hamda amaldagi bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq masalalar bo’yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Missiya davomida ishtirokchilar sohaga oid o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan konsultantlarga murojaat qilib, atroflicha javoblar oldilar. Missiya yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 08 Iyul 2019 18:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 303 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!