РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGIDA “YOSHLAR KUNI”

02
Iyul 2019
217 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGIDA “YOSHLAR KUNI”

Concrete

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan vazirlikning yosh xodimlari uchun bayram dasturi tashkillashtirildi.

Bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish, yoshlar o’rtasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni targ’ib qilish maqsadida vazirlikning yosh xodimlari uchun maxsus bayram dasturi tayyorlandi. 

Concrete

Yosh xodimlar dastavval O’zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishib, muzey bo’ylab ekskursiya uyushtirishdi. Yoshlar u yerda o’zbek tarixi madaniyati, qadimiy nodir va durdona asarlari bilan tanishishdi. Undan so’ng esa muzey hovlisida yoshlar bilan birgalikda O’zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, “Shuxrat” medali sovrindori Dilnoza Kubayeva bilan birgalikda maroqli va mazmunli suhbat uyushtirildi. Shu yerning o’zida vazirlikning faol yoshlari maxsus faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

Concrete

Concrete
Undan so’ng esa yosh xodimlar bilan birgalikda poytaxtimizda qad rostlagan “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidiga tashrif buyurildi. Yoshlar u yerda yaratilgan sharoitlar, kutubxonalar bilan tanishishdi. Shu bilan birgalida masjidning konferensiya zalida bugungi kunda yoshlar uchun ahamiyatli mavzu halollik va to’g’ri hayot kechirish haqida ma’ruza ham uyushtirildi. Yoshlar ushbu uchrashuvlardan iliq va katta ta’surotlar og’ushida “Turkiston” san’at saroyining yozgi binosida tashkillashtirilgan konsert dasturiga yo’l olishdi. 

Yosh xodimlar ushbu kunda maroqli dam olishib, o’zlari uchun kerakli va foydali ma’lumotlar ega bo’lishdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 02 Iyul 2019 11:52

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 347 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!