РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI XODIMLARI UCHUN “DAVLAT XARIDLARI” MAVZUSIDA O‘TKAZILAYOTGAN SEMINAR-TRENING YAKUNI

28
Iyun 2019
235 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI XODIMLARI UCHUN “DAVLAT XARIDLARI” MAVZUSIDA O‘TKAZILAYOTGAN SEMINAR-TRENING YAKUNI

Concrete

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 maydagi 71-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Osiyo taraqqiyot banki homiyligida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida moliya tizimi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan 20 soatlik seminar-trening dasturiga asosan "Davlat xaridlari" to‘g‘risidagi o‘quv seminar-treninglar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha joriy yilning 15 mayidan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi o‘qituvchilari va Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida seminar-treninglar o‘tkazildi.

    Toshkent shahrida 2019 yilning 24 iyunida boshlangan uch kunlik yakuniy hisobot seminar-treningi ham davlat va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida Davlat xaridlarining qonuniyligini, ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida xarid tartib-taomillaridan samarali va unumli foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholini sifatli davlat xizmatlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun zaruriy tovar, ish va xizmatlarni to‘g‘ri xarid qilish jarayonini yanada rivojlantirish hamda mutaxassislarda davlat xaridlariga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarni, kasbiy mahoratlarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Toshkent shahrida tashkillashtirilgan yakuniy hisobot seminar-treningini Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori A.A.Karimov ochib berdilar va ishtirokchilarni "Davlat xaridlari" to‘g‘risidagi o‘quv seminar-treninglar tashkil etish va o‘tkazish maqsadlari bilan tanishtirib o‘tdilar. Seminar – treningda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari O.R.Isakov va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili xarid bo‘yicha mutaxassis – Yo.N.Alimov kirish so‘zlari bilan qatnashdilar. Shuningdek, seminar-treningda “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning ba’zi jihatlari” mavzusi bo‘yicha Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i – G.X.Raximova hamda “Davlat xaridining jahon tajribasi” mavzusi bo‘yicha - Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili, xarid bo‘yicha mutaxassis F.X.Raximovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Concrete

    2019 yilning 24 iyunidan 26 iyunigacha davom etgan uch kunlik yakuniy hisobot seminar-treningi davomida ishtirokchilarga davlat xaridlariga oid ma’lumotlar berildi. Jumladan, seminar-trening dasturida davlat xaridlari bo‘yicha jahon va milliy tajriba, davlat xaridlariga doir qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va korruptsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, davlat xaridlarining elektron do‘kon, auktsion, tanlov, tender turlari, yagona etkazib beruvchilar bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, davlat xaridlari jarayonini monitoring va nazorat qilish, yuzaga kelgan holatlar yuzasidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish kabi dolzarb mavzular o‘rin olgan. 2019 yilning 26 iyunida seminar-trening yakunida Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi direktori A.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.A.Kenjaev va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili N.Nurkuzievalar ishtirokchilarni seminar-trening yakuni bilan qutladilar hamda davlat xaridlariga oid o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llashlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldilar. Shuningdek, ishtirokchilar ham o‘tkazilgan seminar-trening yuzasidan o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirdilar.

    Shundan so‘ng barcha seminar-trening ishtirokchilariga guvohnomalar berildi. Umid qilamizki, mazkur tashkil etilgan seminar-trening davlat xaridlarini samarali, sifatli tashkil etish va qonuniyligini ta’minlashda – moliya tizimi mutaxassislarining o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari katta yordam beradi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 01 Iyul 2019 11:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 529 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd