РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI BO‘YICHA DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI

26
Iyun 2019
171 marta ko'rildi

DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI BO‘YICHA DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda byudjet tizimidagi barcha islohotlarni o‘zida jamlovchi yagona hujjatni tasdiqlashni nazarda tutuvchi o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Strategiyani tayyorlash hamda uni amalga oshirish jarayonini samarali boshqarish bo‘yicha Moliya vazirligida Ishchi guruh tashkil etildi. Moliya vazirligida Strategiyani ishlab chiqish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan istiqbolli yo‘nalishlarni hisobga olgan holda o‘rta muddatli davrda davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti Marko Konjiano Ishchi guruhga ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada isloh qilish Strategiyasini tuzish bo‘yicha zaruriy tavsiyalarini berdi.

Concrete

 Shuningdek, davra suhbati davomida ushbu Strategiya qamrab oladigan quyidagi yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi:

  • davlat moliyasining shaffofligini oshirish, ya’ni davlat moliyasi statistikasini institutsional qamrab olishni yaxshilash, byudjetga oid hujjatlar shaffofligini oshirish;
  • o‘rta muddatli byudjetni to‘liq joriy etish va natijaga yo‘naltiriligan byudjetga bosqichma bosqich o‘tish yo‘li bilan soliq-byudjet siyosati samaradorligini oshirish;
  • soliq-byudjet hisobdorligini kuchaytirish, jumladan ichki nazorat va audit funktsiyasini yaxshilash va tashqi nazorat funktsiyasini kuchaytirish.
    Strategiyaning birlamchi loyihasini mahalliy ekspertlar va xalqaro moliya institutlari vakillari bilan joriy yilning iyul oyining birinchi yarmida muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 01 Iyul 2019 11:54

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 312 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!