РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MAHALLADA BYUDJET MABLAGʻINING NOQONUNIY SARFI ANIQLANDI

26
Iyun 2019
390 marta ko'rildi

MAHALLADA BYUDJET MABLAGʻINING NOQONUNIY SARFI ANIQLANDI

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyasi uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan moddiy yordam mablagʻlarini manzilli va maqsadli sarflanishi yuzasidan navbatdagi moliyaviy nazorat amalga oshirildi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga mosligi nazoratdan oʻtkazilganda bir qator qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Misol uchun, Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Halovattepa”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Qalqon-ota” va “Oq-Oltin” mahalla fuqarolar yigʻinlarida  2016-2018 yillarda ushbu mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼul xodimlari tomonidan jami 712,3 mln.soʻmlik mablagʻ noqonuniy sarflanishiga yoʻl qoʻyilgan.

Jumladan, Navbahor tumani hududida roʻyxatda turmaydigan va yashamaydigan 43 nafar fuqaroga “Xalovattepa” (140 mln.soʻm), “Qalqon-ota” (261,9 mln.soʻm) va “Mirzo Ulugʻbek” (119,3 mln.soʻm) mahalla fuqarolar yigʻinlarining masʼul xodimlari tomonidan bir vaqtning oʻzida 521,2 mln.soʻmlik nafaqalar tayinlanib, ularning bank plastik kartalariga asossiz toʻlab berilgan.

“Halovattepa” mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari esa  ushbu mahallada yashovchi, lekin nafaqa soʻrab murojaat qilmagan 5 nafar fuqaroga 63,6 mln.soʻmlik, mahalla hududida roʻyxata olinmagan va yashamaydigan 2 nafar fuqaroga 4,2 mln.soʻmlik nafaqa asossiz ravishda tayinlanib, ularning nomiga ochilgan bank plastik kartalariga oʻtkazib berilgan.

Bundan tashqari, “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 6-bandi talablariga zid ravishda bir vaqtning oʻzida ikki turdagi nafaqa tayinlanishi oqibatida “Halovattepa” mahalla fuqarolar yigʻinida 2 nafar fuqaroga 1,5 mln.soʻmlik, “Qalqon ota” mahalla fuqarolar yigʻinida 4 nafar fuqaroga 1,7 mln.soʻmlik mablagʻ ortiqcha toʻlangan.

Shuningdek, “Mirzo Ulugʻbek” mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari tomonidan 37 nafar fuqaroga 35,9 mln.soʻmlik, “Oq-oltin” mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari tomonidan 52 nafar fuqaroga 72 mln.soʻmlik, “Qalqon-ota” mahalla fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari tomonidan 20 nafar fuqaroga 12,1 mln.soʻmlik ortiqcha nafaqa tayinlanib, toʻlanganligi antiqlandi.

 Aniqlangan holatlarga qonuniy baxo berish uchun nazorat tadbirlari xujjatlari prokuratura organlariga yuborildi.

Moliya vazirligi axborot xizmati.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 01 Iyul 2019 11:55

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 402 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!