РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PRESS-RELIZ: "MOLIYAVIY HISOBOTNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAYYORLASH – DAVR TALABI!"

21
Iyun 2019
234 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ: "MOLIYAVIY HISOBOTNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAYYORLASH – DAVR TALABI!"

Concrete

Respublikamizda inestitsion muhitni yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri bo‘lib bunda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Chunki xalqaro standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot xalqaro biznes tili sifatida tan olingan va u moliyaviy ko‘rsatgichlarning xalqaro miqyosda shaffofligini, ishonchliligini, taqqoslanuvchanligini va tan olinishini ta’minlaydi, xorijiy investorlarga tushunarli bo‘lgan biznes ko‘rsatkichlarini taqdim etadi hamda barcha investorlar, mulkdorlar va hamkorlarning hammaga tushunarli bo‘lgan ma’lumotlardan shakllangan biznes tilida muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son “2017―2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasidagi vazifalar qatorida yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobotni tuzish va auditni o‘tkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilangan. Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va “KPMG” xalqaro auditorlik tashkiloti hamkorlikda “Buxgalteriya hisobi tizimini isloh qilish va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish” mavzusida Bank-moliya akademiyasida ikki kunlik seminar o‘tkazdi.

Concrete

Seminarning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat Soliq qo‘mitasi vakillari, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa xorijiy davlatlar ekspertlari, Oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi, “KPMG” xalqaro auditorlik tashkiloti va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Concrete

Bunda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish - moliyaviy sektorni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri ekanligi ta’kidlandi, milliy hisob tizimini isloh qilishda xalqaro printsiplar bilan muvofiqlashtirish zarurligi ko‘rsatildi, MHXS bo‘yicha Kengash bilan aloqani kuchaytirish, MHXSni to‘laqonli joriy etishda davlat organlari, professional jamoat tashkilotlari va bevosita MHXSni qo‘llovchilarning vazifalariga bag‘ishlangan mahalliy va xorijiy ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, MHXS joriy etishning asosiy bosqichlaridagi to‘siqlar va uning echimlariga doir xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltirildi. Seminarning ikkinchi kuni “MHXS joriy etish IPOga tayorgarlikka birinchi qadam” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, respublikamizning yirik kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlarining moliya va buxgalteriya sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi. Shuningdek seminarda “KPMG” xalqaro auditorlik tashkilotining: O‘zbekistondagi boshqaruvchi partnyori, Rossiya va MDHdagi auditorlik xizmatlari departamenti rahbari, Rossiyadagi partnyori, Qozog‘istondagi direktori hamda Rossiyaning etakchi IT kompaniyalari (NFP va 1KLIK) vakillari bilan MHXSni amaliyotga joriy etish muammolari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Seminarning ikkinchi kuni to‘liq amaliy ruhda bo‘lib o‘tdi, unda respublikamizning amaliyotchi mutaxassislari tomonidan berilgan MHXSni joriy etish tartibi, bosqichlari, undagi muammo va amaliy masalalar, hisob tizimini avtomatlashtirish jarayonlariga bag‘ishlangan savolariga mahalliy va xorijiy ekspertlar asoslantirilgan javoblarni berishdi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 01 Iyul 2019 11:18

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 335 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!