РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PRESS-RELIZ: “HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA 2019 YILNING YANVAR-MAY OYLARIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAHLILI”

18
Iyun 2019
194 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ: “HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIGA 2019 YILNING YANVAR-MAY OYLARIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARDAN KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR TAHLILI”

Concrete

2019 yilning 17 iyun kuni Moliya vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e’tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019 yilning yanvar-may oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga 2019 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Qayd etilganidek, shu davr ichida jami 23 562 ta yozma, og‘zaki va elektron murojaatlar kelib tushgan. Shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali 7 367 ta murojaat, bevosita vazirlik va uning hududiy bo‘linmalariga 16 195 tani tashkil etdi. Bu murojaatlardan 8 386 tasi ijobiy hal etilgan, 13 792 tasiga qonunchilik doirasida tushuntirish berilgan, 468 tasi ko‘rilmagan, 633 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan, 283 tasi ko‘rib chiqish jarayonida. Matbuot anjumanida shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi rahbar va mansabdor xodimlarning murojaatlarni o‘rganib chiqish va yechimini izlash yuzasidan olib borgan chora-tadbirlari ham muxokamalar markazida bo‘ldi. Takidlanganidek, vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar xodimlar tomonidan 51 nafari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va qonunbuzarliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Concrete

Bundan tashqari aholi murojaatlarini joylarda hal etish masalasida ham vazirlik tomonidan qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 2019 yilning birinchi yarim yilligi uchun tasdiqlangan grafigi asosida Moliya vazirligi rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazildi. Ushbu qabullarda 72 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilingan. Murojaatlarni ijobiy va joyida hal etish maqsadida hududiy moliya organlariga bir qator topshiriqlar berilgan. Uchrashuvda kelib tushgan murojatlarning tasnifi ham o‘rganib chiqildi. Etibor qaratilsa murojaatlarning 15 270 tasi ya’ni 64% pensiya, 2 452 tasi 10% buzilgan uy-joylar uchun kompensatsiyalar, imtiyozli kreditlar, ichiimlik suvi va boshqa masalalarda, 1 278 tasi 5% 2 va 14 yosh bolalar nafaqasi masalasida, 730 tasi, 3% ish haqi bo‘yicha masalalarda, 676 tasi (3%) Davlat byudjetiga oid masalalarda, 472 tasi (2%) moddiy yordam masalasida, 392 tasi (2%) ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish masalalarida, 372 tasi (2%) nazorat-taftish masalasida, 365 tasi (2%) g‘aznachilikka oid masalalarda, 317 tasi (1%) bazaviy tarmoqlar va energetika majmuini moliyalashtirish masalalarida, 311 tasi Soliq va bojxona ta’rifi masalalarida, 224 tasi kapital qurilishni moliyalashtirishga oid masalalarda, 185 tasi kadrlar masalasida, 153 tasi davlat zayomi, divident, lizing va lotereya faoliyati bo‘yicha masalalarda, 128 tasi agrosanoat majmuasini moliyalashtirish masalalarida, 237 tasi boshqa masalalarda kelib tushgan. Moliya vazirligi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va joriy etish chora-tadbirlari doirasida, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha hamda yangi informatsion texnologiyalardan samarali va keng foydalanish maqsadida sensorli infokiosk va monitorlar o‘rnatilgan tartibda xarid qilindi. Mazkur sensorli infokiosk va monitorlar orqali vazirlikka aloqador bo‘lgan barcha video, foto, slayd va boshqa turdagi barcha ma’lumotlarni cheklovlarsiz joylashtirish imkoniyati mavjud bo‘lib, Moliya vazirligi binosiga tashrif buyurgan fuqarolarga vazirlik faoliyatiga doir ko‘plab ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Concrete

Fuqarolarga qulaylik yaratish va kelib tushayotgan murojaatlar sonini kamaytirish va eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar haqida aholini xabardor qilib borish maqsadida Telegram dasturida maxsus telegram bot ishga tushirildi. Maxsus telegram botda Moliya vazirligiga eng ko‘p kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birgalikda, o‘zbek va rus tillarida joylashtirildi. Shuningdek, telegram botda Moliya vazirligi rahbariyati qabul kunlari to‘g‘risidagi ma’lumot, Moliya vazirligiga murojaat yo‘llash turlari to‘g‘risida ma’lumot, ayrim boshqarma va bo‘limlarning telefon raqamlari ro‘yxati, hududiy moliya organlarining manzillari, Moliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, murojaatlar bilash ishlash statistikasi (infografika shaklda) kabi ma’lumotlar joylashtirildi. Vazirlik rahbariyati tashabbusi bilan Moliya vazirligi va “Unicon-soft” MChJ hamkorligida “Ijro intizomini nazorat qilish yagona tizimi” – “mf.ijro.uz” elektron dasturiy ta’minoti shakllantirildi. Moliya vazirligining hududiy moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalari hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlarda esa “mf.ijro.uz” tizimiga o‘tish jarayoni 2019 yilning mart oyida yakunlandi. Hozirda xujjatlar aylanishi vazirlik-tuman kesimida yagona tizimda amalga oshirilishi yanada soddalashtirilgan. Bu esa hujjatlar aylanishi va ijrosi ustidan nazoratning samarali bo‘lishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari Moliya vazirligiga hujjat yoki murojaat yuborgan tashkilot va fuqarolar “mf.ijro.uz” dasturi orqali ularning ijrosi to‘g‘risida ma’lumotlar olishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida hamda hududiy moliya organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda asosiy e’tibor murojaatlarni har tomonlama, sinchkovlik bilan o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ko‘p hollarda, rahbariyat topshirig‘iga asosan, qo‘yilgan muammo yoki shikoyatlarni joylarga chiqib o‘rganish amaliyoti joriy etildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 01 Iyul 2019 12:32

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 493 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!