РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT XARAJATLARINI BOSHQARISH BO'YICHA SEMINAR (DXB)

31
May 2019
1492 marta ko'rildi

DAVLAT XARAJATLARINI BOSHQARISH BO'YICHA SEMINAR (DXB)

Concrete

Jahon banki (JB) mutaxassislari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida seminar bo'lib o'tdi. Tadbir davlat xarajatlari va investitsiyalar boshqaruvi, shuningdek sohadagi  davlat-xususiy sheriklik (DXSh) masalalariga bag'ishlandi.

Jahon banki mutaxassislari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat xarajatlarini boshqarish sohasidagi islohotlarni ijobiy baholab o’tdilar. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2025 yilgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Investitsion siyosatining strategik loyihasi yuqori baholandi. 

Seminar boshida ishtirokchilar Jahon banki mutaxassislari va O'zbekistonning bir qator davlat organlari vakillari bilan hamkorlikda tuzilgan davlat xarajatlarining dastlabki tahlil natijalarini ko'rib chiqdilar.

Concrete

Jahon bankining davlat boshqaruvi bo'yicha katta mutaxassisi janob Yan Xoksvort davlat xarajatlarining sifatini yaxshilash faktorlarini ta`kidlab o’tdi:

- iqtisodiyot sektorlari o'rtasida davlat resurslarini to'g'ri taqsimlash;
- sektorlar bo'yicha resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi.

Concrete

Tadbir ishtirokchilari davlat byudjetini samarali boshqarish tizimi, muayyan ehtiyojlar uchun ajratilgan byudjet mablag'larini oqilona baholash usullari va mezonlarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, byudjet mablag'larini ajratishni talab qiladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va boshqa ma'lumotlarni to'plash hamda tahlil qilish tizimini ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Seminarning ikkinchi qismi davlat-xususiy sheriklikning davlat xarajatlarini boshqarishdagi roliga bag'ishlandi. Mutaxassislar DXSh mexanizmining davlat byudjetini boshqarish tizimidagi moliyaviy xavflarning kamaytirish uchun integratsiyalashning muhimligini ta'kidladilar. Buyuk Britaniya va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo bo'lgan boshqa davlatlar tajribasi batafsil ko'rib chiqildi. Misol uchun, 2012 yildan boshlab, IHTT ga a`zo davlatlar quyidagi tamoyillarga amal qilishadi:

- vakolatli resurslarni boshqarish organlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan aniq, prognozli va qonuniy institutsional tuzilmani yaratish;
- davlat-xususiy sektor hamkorligini tanlash narx va sifat nisbatiga asosan bo'lishi kerak;
- moliyaviy xatarlarni minimallashtirish va xaridlar jarayonining yaxlitligini ta'minlash uchun davlat byudjeti jarayonidan shaffof ravishda foydalanish.

Tadbir davlat byudjetini tuzish, xarajatlar va davlat moliyaviy boshqaruv tizimi masalalari bo'yicha savol-javoblar sessiyasi bilan yakunlandi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 31 May 2019 18:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!