РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PENSIYA JAMG’ARMASI RAHBARIYATI KITOBXONLIKNI TARG’IB QILMOQDA

31
May 2019
364 marta ko'rildi

PENSIYA JAMG’ARMASI RAHBARIYATI KITOBXONLIKNI TARG’IB QILMOQDA

Concrete

Davlatimiz rahbari yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Unga ko’ra to’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan edi. 

Shuningdek, butun dunyo bo’ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan turli-tuman madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, kontsertlar tashkil etiladi.  Ahvoli og’ir bemor, davolanishga muhtoj va nogironligi bo’lgan bolalar uchun xayriya aktsiyalari va tadbirlar ham o’tkaziladi. 

Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o’rinbosari Tleuov Medet Abdimuratovich joriy yilning 30 may sanasida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi nogironlik nafaqasini oluvchilar hamda nogiron farzandi bo’lgan fuqarolar xonadonlarga tashrif buyurdi.

Concrete

Tashrifdan ko’zlangan maqsad, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan.

Shu bilan birga, shu kunning o’zida bolalikdan nogironligi bo’lgan farzandi bor onalar holidan ham xabar olindi. Ularga Pensiya jamg’armasi jamoasi nomidan kitoblar sovg’a qilindi.

Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari tomonidan 1 984 nafar bolalikdan nogironligi bo’lgan farzandlarning onalariga nafaqalar tayinlangan.

Manbaa: Pensiya jamg’armasi matbuot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Juma, 31 May 2019 17:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 367 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd